Serbiya va Chernogoriya

Serbiya va Chernogoriya (serb- cha Srbije u Crna Gore, ing. Serbia and Montenegro) — Bolqon ya.o.ning shim.g’arbiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 102,2 ming km2. Aholisi 10,65 mln. Kishi (2002). Poytaxti — Belgrad sh. Ma’mu- riy jihatdan 2 respublika: Serbiya va Chernogoriyaga bo’linadi. Davlat tuzumi. S. va Ch. — parlament- li respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 2003 y. 4 Fev.da qabul qilingan. Davlat boshlig’i — prezident (2003 y. 7 martdan Svetozar Marovich). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament (skupshchina), ij- Rochi hokimiyatni hukumat amalga oshira- Di. Aholisi. Serb (62,6%), alban (16,5%), chernogor (5%), Venger (3,3%) lar yashaydi. Rasmiy til — serb tili. Aholining 95% serb tilida, 5% alban tilida so’zlashadi. Ko’pchilik dindorlar — xristian (pravoslav va katoliklar), qolganlari — musulmonlar. Yirik shaharlari: Belgrad, Podgorisa, Novi Sad, Prishtina, Nish, Kraguevats. Tarixi. 1-jahon urushidan keyin Bolqon ya.o.da 1918 y. dek.da serblar, xorvatlar, slovenlar qirolligi tashkil topib, Chernogoriya, Makedoniya, Bosniya va Gersegovina ham uning tarkibiga kir- Di. 1929 y.dan bu davlat Yugoslaviya, 1963 y.dan Yugoslaviya sosialistik Federa- TIV Respublikasi deb ataldi. 1992 y.dan Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersego- vina, Makedoniya federasiya tarkibidan chiqib ketgach, Yugoslaviya Ittifok, Re- spublikasi deb ataldi. 2002 y. 14 martda bu davlat huquqiy jihatdan tugatildi va 2003 y. Fev.da federasiya asosidagi Serbiya va Chernogoriya deb atalgan yangi davlat tashkil topdi. S. va Ch. Yugosloviya Ittifoq Respublikasining huquqiy vo- risi sifatida 2000 y. 1 noyab.dan BMT a’zosi xisoblanadi. Milliy bayrami 27 apr. — Respublika kuni (1992). O’zR mustaqilligini 1991 y. 31 dek.da tan ol- gan va 1995 y. 18 yanv.dan diplomatiya mu- nosabatlari o’rnatilgan. Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Ser- biya sosialistik partiyasi, 1990 y. tu- zilgan; Serb yangilanish harakati, 1990 y. tashkil etilgan; serblar birligi par- tiyasi; Serbiya demokratik muxolifati, 2003 y. tuzilgan; Serb radikal partiyasi, 1991 y. tashkil etilgan; Chernogoriya so- tsialistlari demokratik partiyasi, 1991 y. asos solishali; Chernogoriya demokra- tik partiyasi; Chernogoriya xalq parti- yasi, 1990 y. tuzilgan; Kosovo demokra- tik partiyasi, 2000 y. tashkil etilgan; “Yugoslaviya so’llari” harakati. Xo’jaligi. S. va Ch. — industriala- grar mamlakat. Yalpi ichki maxsulotda sanoatning ulushi — 41,3%, q.x. ulushi 22,9%. Sanoatining asosiy tarmoklari: kon- chilik, rangli metallurgiya, mashinasoz- lik, to’qimachilik. Konchilik sanoatida lignit, qo’ng’ir kumir, neft, shuningdek mis, qo’rg’oshin va rux, uran rudalari qazib olinadi. Yiliga o’rtacha 35,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. I.ch. sanoatida mashinasozlik va metal ishlash (stanoksozlik, transport vosi- talari, shu jumladan, avtomobil, q.x. mashinasozligi, elektronika va radio- elektronika sanoati) ustun. Rangli me- tallurgiyada alyuminiy, mis, qo’rg’oshin, rux eritish korxonalari bor. Qora me- tallurgiya, kimyo, farmasevtika, mebel, shuningdek, to’qimachilik, ko’npoyabzaal. oziq-ovqat sanoati tarmoqlari rivoj- langan. Kishloq xo’jaligi ning asosiy tarmog’i — dehqonchilik. Donli ekinlar (asosan, makkajo’xori, bugdoy), qand Lav- lagi, kungaboqar, zig’ir, tamaki, kartosh- ka va sabzavot etishtiriladi. Mevachi- lik (ayniqsa, qora olxo’ri), tokchilikka katta ahamiyat beriladi. Chorvachiligi- da qoramol, cho’chqa, qo’y, uy parrandasi boqiladi. T.y. uzunligi 4 ming km, avtomobil yo’llari uz. 49,6 ming km. Dengiz porti — Bar. Belgrad va Podgorisada xalqaro aeroportlar bor. Dunay va Sava daryola- rida kema katnaydi (yirik dare porti — Belgrad). Chetga xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar, sanoat va oziq-ovqat molla- ri, mashina va sanoat uskunalari, tirik chorva mollari chiqaradi. Chetdan mashina va transport uskunalari, yonilgimoylash materiallari, sanoat mollari, kimyoviy moddalar, oziq-ovqat mahsulotlari ola- Di. MDH mamlakatlari, Germaniya, ita- liya, Vengriya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya b-n savdo qiladi. Pul bir- ligi — Serbiyada dinor, Chernogoriyada 1999 y. dan nemis markasi, 2002 y.dan evro. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. S. va Ch. da ko’pgina gaz. va jur,lar nashr etiladi. Muhimlari: “Bor- ba” (“kurash”, serb tilida chiqadigan mustaqil kundalik gaz., 1922 y.dan), “ve- Cherne Novosti” (“oqshom yangiliklari”, serb tilida chikadigan mustaqil kunda- lik gaz., 1954 y.dan), “Madyar so” (“Ven- Ger so’zi”, Venger tilida chiqadigan kun- dalik gaz., 1944 y.dan), “rad” (“mehnat”, serb tilida chiqadigan haftalik gaz., 1945), “Jena danas” (“hozirgi ayol- lar”, serb tilida chiqadigan oylik jur., 1936 y.dan), “Mejdunarodna politika” (“Xalqaro siyosat”, serb, rus, ingliz, frantsuz, nemis va ispan tillarida 2 xdftada chiqadigan jur., 1950 y.dan), “Mejdunarodni problemi” (“xalqaro masalalar”, serb tilida har chorakda chiqadigan jur., 1949 y.dan), “Ekonomski politika” (“iktisodiy siyosat”, serb tilida chikadigan haftalik jur., 1952 y.dan). Radioeshittirish 1926 y.dan, teleko’rsatuv 1958 y.dan olib boriladi. O’zbekiston — S. va Ch. munosabatla- ri. 1999-2001 y.larda O’zR bilan S. va Ch. o’rtasida faol iqtisodiy hamkorlik amalga oshirildi. 2002 y.da ikki mamla- kat o’rtasidagi tovar aylanmasi 1,8 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. O’zR dan rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, mexanika asbobuskunalari, ip gazlama va kalava ip, xizmatlar eksport qilindi. S. va Ch. dan tosh va gips, dori- darmon, mebel, keramika mahsulotlari, transport vositalari va b. keltirildi. O’zR da S. va Ch. investorlari ishtiroki- dagi 14 qo’shma korxona va serb sarmoya- si 100% bo’lgan 4 ta korxona ro’yxatga olingan. Jumladan, S. va Ch.ning tashqi savdo faoliyati b-n shug’ullanuvchi “Pro- gress”, k,.x. xom ashyosini kayta ishlash va sotishga ixtisoslashgan “kompaniya BK”, sanoat va fuqaro ob’ektlari me’- morligi, dizayni, loyihalash va qurish ishlari kompleksini amalga oshiruvchi “Energoproekt xolding” firmalarining vakolatxonalari faoliyat yuritadi. O’zR da 2 qo’shma korxona — engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Gama—Kamalak” va tashqi savdo b-n shug’ullanuvchi “MNM” barpo etil- gan. 2003 y. sent.dan “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviasiya kompaniyasi b-n S. va Ch. ning aviasiya kompaniyasi o’rtasida tuzilgan bitimga muvofiq, o’zbek aviakompaniyasining “Toshkent— Belgrad—NyuYork” marshuruti bo’ylab haftasiga 2 marta borib keladigan tijo- rat reyslari amalga oshirilmoqda.