Serbiya

Serbiya (Cp6nja, Sradije) Serbiya Respublikasi — Serbiya va Chernogoriya tarkibiga kiruvchi respublika. Dunay havzasida joylashgan. Mayd. 88,4 ming km2. Aholisi 9,8 mln. kishi (1997). Poytaxti — Belgrad sh. 2 Muxtor o’lka — Voevodina hamda Kosova va Metoxi- yani o’z ichiga oladi. Ma’muriy jihatdan S. tumanlarga, tumanlar jamoalarga bo’linadi. Serb (65,4%), alban (16,5%), Venger (3,3%) va b. xalqlar yashaydi. Ras- miy til — serb tili. Aholi xristian (pravoslav va katolik), Islom va b. din- larga e’tiqod qiladi. S.ning o’z kon- stitusiyasi, parlamenti (skupshchina) va hukumati bor. Tabiati. S.ning shim.g’arbiy qismini O’rta Dunay tekisligining Jan. chekka- si egallaydi. Uning yonida Frushkagora tog massivi (bal. 539 m gacha) joylash- gan. Sava daryosi va Dunayning kengay- ib oqadigan qismi o’ng sohili bo’ylab Serb tog’tizmalari va massivlari hamda Sharqiy Serb tog’lari o’tadi. Chekka Jan. g’arbda Kosovo maydoni va Metoxiyaning bepoyon pasttekisligi yastangan. S.ning eng baland nuqtasi (2764 m) Albaniya chegarasidagi Korabi tog’tizmasida joy- lashgan. Iqlimi mo”tadil, Kontinen- tal. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 0—g, iyul- niki 18-23°. Yillik yog’in 500-800 mm (tog’larda 1000 mm gacha). Asosiy da- ryolari — Dunay, Sava, Tisa, Morava, Drina. Tog’lar oralig’idagi vodiylar va paettekisliklarda mevali bog’lar bar- po etilgan. S. hududining 1/4 qismiga yaqini o’rmon, asosan, Buk daraxtzorla- ridan iborat. Kosovo Muxtor o’lkasida qo’rg’oshinrux rudalari, Moravaning o’ng sohilida toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir, Sharqiy Serb tog’larida mis, Voevodi- nada neft va gaz konlari bor. Hayvonot dunyosi xilmaxil: tekisliklarda ke- miruvchi, quyon, tog’larda bug’u, yovvoyi echki, to’ng’iz, silovsin va b. bor. Turli qushlar, jumladan, yovvoyi va suvda Su- zuvchi qushlar, toshli qoyalarda kaltake- sak, ilonlar uchraydi. Dengizda baliq turi ko’p. Tarixi. S hududida odam paleolit davridan yashay boshlagan. Jez davri- da illiriy, frakiy, keyinroq kelt qabilalari yashagan. Bolqon ya.o. rimli- klar qo’liga o’tishi (mil. AV. 229 y. — mil. 106 y.) mahalliy qabilalarning romanlashuviga olib keldi. 6-7-a.larda bu erga slavyanlar kelib o’rnashdi. 10- a. o’rtalarida davlat — Serb knyazligi paydo bo’ddi. 1217 y. qirollikka aylan- Di. Stefan Dushan idora qilgan yil- lar (1331-55)da yirik Serbiyagresiya davlati barpo etildi. 1389 y. Kosovo maydonidagi jangda turk qo’shinlari serblarni mag’lubiyatga uchratgach, S.ni o’ziga qaram qilib oldi, 1459 y. esa tur- kiya tarkibiga qo’shib olindi. 18-a. oxi- ridagi RossiyaTurkiya urushlari serb xalqining milliy ozodlik harakatiga turtki bo’ldi. 1804-13 y.larda birinchi serb qo’zg’oloni serb davlatini qayta ti- klash yo’lidagi harakatning boshlanishi bo’ldi. 1815 y. ikkinchi serb qo’zg’oloni ozodlik kurashini davom ettirish uchun negiz yaratdi. Turkiya sultonining 1830 va 1833 y.lardagi farmonlariga ko’ra, S. Turkiya panohi ostidagi o’zini o’zi ido- ra qiladigan Muxtor knyazlik deb e’lon qilindi. S. 1878 y. Berlin Kongressining qaroriga binoan, to’la mustaqillikka erishdi va o’z hududini birmuncha ken- gaytirib oddi (1882 y.dan Qirollik). 1903 y. Serbiya sosialdemokratik par- tiyasi va yagona kasaba uyushma tashkiloti tuzildi. S. 1912-13 y.lardagi Bolqon urushida qatnashdi. 1915-18 y.larda Avstriya-Vengriya qo’shinlari tomoni- dan okkupasiya qilib turildi. 1918 y. sobiq Avstriya-Vengriya tarkibidagi Jan. slavyan erlarining ko’p qismi S. bilan birga serblar, xorvatlar va slo- venlar qirolligi (1929 y.dan Yugosla- viya)ga birlashdi. 1941 y. S.ni Germaniya bosib oddi. Nemislar general M.Nedich boshchiligida Serb hukumati deb atalgan hukumat tuzdilar. 1944 y. okt.da S. ozod qilindi. 1945 y. noyab.dan S. Yugoslaviya tarkibidagi olti respublikaning biri bo’ldi. 1991 y.da Yugoslaviya Sosiali- stik Federativ Respublikasi parchala- nib, undan Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya chiqib ket- gach, Serbiya b-n Chernogoriya Yugoslaviya Ittifoq Respublikasini tuzdilar. 2003 y. 4 Fev.dan bu davlat Serbiya va Cherno- goriya deb atala boshladi. Xo’jaligi. S. — Serbiya va Cherno- goriya davlatining iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan qismi. Mahalliy foy- Dali qazilma konlari negizida qo’ng’ir kumir va lignit (Kolubar, Kostolaskiy, Kosovo va b. havzalarda), neft (Voevo- dinada), mis (bor, Maydanpek va Sharqiy Serb tog’larida), qo’rg’oshin, pyx (sveto- Zarevo va Sevoynoda), surma korxona- lari barpo etilgan. Smederevoda qora metallurgiya k-ti bor. Elektr energiya issiqlik va gidrostyalari hamda Dunay bo’yida qurilgan “temir darvoza” gidro- majmuasida hosil qilinadi. Rangli me- tallurgiya b-n birga kimyo (asosan, mine- ral o’g’it, kislota, zaharli kimyoviy mod- dalar) va elektrotexnika (akkumulyator va kabel i.ch.) sanoati rivojlangan. Ko’p tarmokli mashinasozlik (elektron, kon, q.x. mashinasozligi, avtomobilsozlik), to’qimachilik, yog’ochsozlik, ko’npoyabzal, oziq-ovqat sanoati tarmoklari mavjud. Asosiy sanoat markazlari — Belgrad, Kraguevats, nish, Novi Sad va b. Q.x. don (bug’doy, makkajo’xori, suli), texnika ekinlari (qand lavlagi, zig’ir, kungaboqar) etishtirishga va chorvachi- likka ixtisoslashgan. Qoramol, cho’chqa, parranda, tog’li joylarda qo’y boqiladi. Bog’dorchilik, tokchilik rivojlangan. O’rmon xo’jaligiga aloqida e’tibor be- riladi. T.y. va suv transportining keng tarmog’i barpo etilgan. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. Ta’limning asosiy turi — 8 y.lik maktab. To’la o’rta ta’- limni gimnaziya beradi. Malakali ishchi, texnik va mutaxassislar tayyorlovchi MAK- tablar va maxsus maktablar tashkil etil- gan. Belgrad (1863), Nish (1965), Novi Sad (1960), Prishtina (1970) un-tlari bor. Serb fanlar va san’at akademiyasi (1886 y.da asos solingan), yadro fizikasi (1947), o’simlikshunoslik (1945), q.x.ni mexanizasiyalash (1947), seysmologiya (1906) i.t. institutlari, ko’pgina ilmiy jamiyat va uyushmalar, un-tlar huzurida i.t. institutlari bor. 1102 xalq kutub- xonasi, 433 ilmiy va maxsus kutubxona mavjud. Belgradda amaliy san’at, xorij san’ati va zamonaviy san’at, etnografiya muzeylari, rasmlar galereyasi ochilgan. Kundalik gaz.lari: “Borba”, “poli- tika”, “politika Ekspress”, “Vecherne novine”, “rad”, “Mad’yar so” va b. 40 dan ortiq radiostya, Belgradda (1958 y.dan), Prishtina va Novi Sadda (1972 y.dan) telemarkazlar ishlaydi. Adabiyoti. S. adabiyotining dast- labki namunalari 9-a.ning 2-yarmida paydo bo’lgan. O’rta asrlar adabiyoti diniynasihat ruhida bo’lgan. Konstan- tin filosofning “zolim Stefan La- zarevich qissasi” (1431-35) asarida hukmdorlarning o’zaro kurashi va xori- jiy bosqinchilarga qarshi jang manza- ralari tasvirlanadi. 15-a. oxiri — 16- a. boshlarida serb tilida kitob nashr etila boshladi. Turklar tasarrufidagi davrda serb xalqining ma’naviy hayoti xalq og’zaki ijodiyotidagina ifodalan- Di. Dunyoviy adabiyotga asos solgan do- sitey Obradovich (1742— 1811) serblar- ning madaniy uygonish jarayonini aks ettiruvchi asarlar yaratdi. 19-a.da Evropa xalqlari adabiyoti b-n hamohang rivoj- langan S. adabiyotida ham klassisizm (L. Mushiskiy), sentimentalizm (M. Vida- Kovich, y. Vuyich), romantizm (J. Yakshich, L. Kostich va b.) kabi oqimlar ruhidagi asarlar dunyoga keldi. Bu davr adabiyo- ti rivojida Novi Sad adabiy markazi, “Danisa”, “Yavor” va “Matisa” jur.lari muhim rol o’ynadi. 60y.larda adib va publisist S. Markovich makrlalari ada- biyotda realizmga asos soldi. Dastlabki realistlar — M.Glishich, L. Lazarevich, Ya.Veselinovich ijodiyoti (19-a. oxiri — 20-a. boshlari) ko’proq ijtimoiymaishiy Nasr janrlariga mansubligi seziladi. Ya.Ignyatovich, S. Matavul, S. Rankovich romanlarida realizmning badiiy maz- muni doirasi kengaytirilib, murakkab ijtimoiy-tarixiy muammolar o’rtaga qo’yiladi. Satira janrida ijod qilgan R. Domanovich, B. Nushich (Nasr), V. Ilich (nazm) realizmni rivojlantirdilar. 1-jahon urushidan keyin A. Andrich, M. Srnyanskiy, S. Vinaver kabi eks- pressionist shoirlar adabiyot maydo- niga kirib keldilar. Ularning ba’zi birlari xalq, kechinmalarini tasvir- lash orqali urushni la’natlasa, ayrim- lari xalq qahramonlarini ulug’laydi. B.Nushichning “tarjimai holim” qissasi, “Vaziraxonim”, “Mister dol- lar” va b. hajviy komediyalari ayniqsa Shuhrat qozondi. Fashistlar okkupasi- yasi davrida ko’pgina adiblar (Zogovich, Popovich, B. Chopich, M. Palich, Mendero- VICh va b.) ozodlik kurashida katnashish b-n birga adabiy faoliyatni davom et- tirdilar. S. ozodlikka erishgach, Serb yozuvchila- ri jamiyati tuzildi. 50y.larning bosh- larida xalq ozodlik urushi va yangi hayot mavzulari adabiyotda asosiy o’rin oldi. O. Davicho, M. Dedinas, S. Vukosavlevich, E. Kosh she’riyati, I. Andrichning nasriy asarlari e’tibor qozondi. Yangi janr — radiodrama vujudga keldi. Me’morligi va tasviriy san’ati. S. hududi O’rta dengiz, yaqin Sharq, Egey dengizi bo’yi mamlakatlari va Fapbiy Evoopa madaniyati birbiriga tutashgan joy bo’lgani tufayli unda qad. dunyo va o’rta asrlar madaniyati o’z aksini topgan. Neolit davriga mansub pastqam turar joylar, xilmaxil shakldagi sopol idish- lar, odam va jonivorlarning guldor va sayqallangan haykalchalari saqlanib qolgan. Jez davri madaniyati Egey bo’yi mamlakatlari madaniyati b-n bog’liq bo’lsada, unda mahalliy an’analar (chi- royli chiziklar b-n bezalgan sopol ko’zalar, qush boshli ma’budalar) ham aks etgan. Mil. AV. 1ming yillikka mansub istehkomli manzilgohlar, frakiylar, illiriylar, keltlarning zargarlik bu- yumlari, mayda jez haykalchalari uchray- Di. Mil. AV. 2-a. — mil. 4-a.da rimliklar- ning harbiy istehkomlari va ular yonida jamoat binolari, saroylar, hammomlar qurilib, Singidunum (hoz. Belgrad), Na- issus (hoz. Nish) barpo etilgan. 5-6-a. larda Vizantiya shaharlari (Tsarichin- Grad), ularda ibodatxona va saroylar, turar joy va savdo binolari quriddi. 6-9-a.larga oid vizantiyaliklar va qad. slavyanlarning oltin taqinchoqlari va kumush anjomlari diqqatga sazovar. 9-10-a.larda yogoch, tosh kal’alar, xri- stianlarning devorlarga diniy rasmlar ishlangan gumbazli ibodatxonalari va shohona binolar qurila boshladi. O’rta asrlarda S. shaharlari markazida savdo maydoni, radial ko’chalar, 2-3 qavatli imoratlar bo’lgan. Yog’och, tosh, somon uy- larning ikki nishabli tomi taxta yoki tosh plitalar b-n yopilgan. Shahar va monastirlar tosh devorlar b-n o’ralgan. 14-a. 2-yarmida ixcham shaklli xochgumbaz- li ibodatxonalar quriddi (to’rt ustunli Manasiya monastiri, 1407-18 va ustun- siz Kalenich monastiri, 1405-13), ular folklor ruxidagi garoyib rasmlar b-n bezatilgan, g’ishtli jimjimador qilib terilgan, tarashlangan va sirlangan so- Pol b-n naqshlangan. Shu davrda yog’och o’ymakorligi, zardo’zi kashtachilik, ku- lolchilik rivojlangan. 15-a.dan boshlab turklar bu erda machit, minora, karvon- saroy, Tim va hammomlar qurishdi. 2-3 qavatli sinchli uylar barpo etish urf bo’ldi. 19-a.da muntazam shaqarsozlik un- surlari paydo bo’ldi, mahalliy o’rta asr me’morligi an’analari asosida (bel- graddagi Knyaz qizi Lyubitsa uyi, 1829— 36, me’mor X.N.Jivkovich), evropacha eklektika ruhida (Belgraddagi Xalq te- atri, 1868-69, me’mor A. Bugorskiy), 20-a. boshlarida “Modern” uslubida (Belgraddagi “Moskva” mehmonxonasi, 1906, me’mor y. Ilkich) va yangi Vizanti- yacha usulda (Belgraddagi Aleksandr ne- vskiy cherkovi, 1918, me’mor E. Nadich) binolar qurildi. 19-20-a.lar rassom- lari xalq, xayotini, tabiat go’zalligini, milliy ozodlik kurashini tasvirlovchi go’zal asarlar yaratishdi. A. Teodorovich, D. Avramovich, J. Yakshich, U.Predich, N.Petrovich rang-tasvir, K. Danil, M. Pyade portret janrida ijod qildilar. Xalq hunarmandchiligida kashtado’zlik, gilam to’qish, yog’och va tosh o’ymakorligi, kulolchilik muhim o’rin olgan. Musiqasi. Serblar musiqasi turli slavyan xalqlari, Vizantiya, kad. Rim va musulmon Sharq musiqa an’analari ne- gizida qaror topgan. Serblar hayotida, asosan, qo’shiq ijodkorligi rivojlan- gan. Epik qo’shiklarni xalqbaxshilari qo’bizsimon gusle cholg’u asbobi jo’rligida ijro etgan. Ayniqsa, sevgi qo’shiqlari musiqiy va nazmiy go’zalligi b-n ajralib turadi, davra o’yin (Kolo) qo’shiklari ham ommalashgan. S.ning dastlabki kompozitorlari — y. Shlezin- Ger harbiy orkestrda kapelmeysterlik qilgan. N. Jurkovich esa xonanda, aktyor va xormeyster bo’lib, ilk musiqali spek- takllarni yaratishgan. 1838 y. Panchevoda birinchi xor to’garagi, 1853 i. Belgrad qo’shiqchilik jamiyati vujudga keldi. Mazkur jamiyatning va “Kornelie” Cher- kov qo’shiqchilik jamiyatining rahbari kompozitor va pianinochi K. Stanko- VICh milliy musiqa madaniyatini shak- llantirishga katta hissa qo’shdi. Teatr musiqasi va vatanparvarlik qo’shiqlari muallifi D.Enko, serb yakkaxon qo’shig’i va romanei ijodkori y.Marinkovich, musiqiy folklor to’plovchisi, xor va cherkov musiqalari muallifi S. Mokra- nyats uning ishini davom ettirdilar. 1902 y. B.Yoksimovich birinchi milliy opera — “Milosh Obilichning uylanishi”ni ezdi. Shundan keyin S. Binichka, I. Baich, P. Krstich, V.Vuchkovich, M. Ristich serb musiqa madaniyatini rivojlantirdi- lar. Keyingi yillarda kompozitorlar P.Bergamo, P. Ozgiyan, E.Iosif, D.Radich, V. Mokranyats, dirijyor J. Zdravkovich, pianinochi 3. Marasovich, skripkachi L. Maryanovich, xonandalar N. va B. Sveich- lar, V. Xeybal mashhur bo’ddilar. S.da bir necha simfonik va kamer orkestr, 3 ta opera teatri, xor jamoalari, musika akademiyasi va b. musiqa o’quv yurtlari faoliyat ko’rsatadi. Teatri haqidagi dastlabki ma’lu- mot 13-a.ga taalluqlidir. Usha paytdagi bayram kunlari ko’chalarda tomoshalar ko’rsatilgan. 18-a. Voevodinada E. Ko- zachinskiy pesalari sahnalashtirildi. Maktablarda spektakllar ko’rsatildi. Aktyor, dramaturg va tarjimon y.Vuyich S. va Voevodina hududlarida bir necha truppalar tashkil etdi (1810) va dunyoviy teatrga asos soldi. 1825 y. Novisadda S. Stefanovichning “podsho Urosh V ning o’limi” pesasini xdvaskorlar truppa- si sahnaga qo’ydi. 19-a.ning 40y.laridan muntazam ishlaydigan teatrlar paydo bo’ldi. 1861 y. shu shaxarda Serb milliy teatri, 1868 y. Belgradda Milliy teatr (“Narodno pozorishte”) barpo etildi. Ularda V. Shekspir, F. Shiller kabi mumtoz yozuvchilarning asarlari b-n bir qatorda J. Yakshich, L.Kostich, B. Nushich kabi mahalliy mualliflarning pesa- lari qo’yildi. 1950 y. Belgradda Akade- mik teatr tashkil etildi. 20-a. oxirla- ridagi tanikli teatr va kino arboblari: rej.lar X.Klayn, B.Borozan, B.Stupisa, B.Xanauska, aktyorlar S.Severova, D.Milutinovich, M. Stupisa, L.Bobich, L.Ravasi, V. Jivotich va b. Kinosi. 1905 y. fotograf M.Manaki birinchi qisqa metrajli “kirchi ayol” filmini suratga olgan. Dastlab- ki hujjatli va xronika filmlari Bolqon urushlari va 1-jahon urushi voqealarini tasvirladi. 1910 y. “Ka- rageorgiy” deb atalgan birinchi badiiy film yaratildi (rej. I. Stanoevichchi- cha). “Gunohsiz gunohkor” (1928, rej. K. Novakovich) ovozeiz kino davridagi eng mashhur film bo’ldi. 2-jahon uru- shi va undan keyingi yillarda milliy ozodlik janglari va tinch hayot manza- ralarini ifodalovchi hujjatli fil- mlar dunyoga keldi. 1945-48 y.larda “Zvezdafilm” va “Avalafilm” kino- studiyalari tashkil etildi. Fashizmga karshi kurash ko’p yilgacha S. kinemato- grafiyasining etakchi mavzularidan biri bo’ddi. “Bu xalqyashayveradi” (1947, rej. N.Popovich), “katta va kichik” (1956, rej. V.Pogachich), “to’qqizinchi doira” (1960, rej. F.Shtiglis), “Neretvadagi jang” (1969, rej. V. Bulayich) va b. shu jumlaga kiradi. Mumtoz va zamonaviy adabiyot asarlarini ekranlashtirishga ham ahamiyat berildi, zamonaviy mavzuda asarlar yaratildi. 70—80y.larda yangi AV- Lod kinematografiyachilari (R.Grlich, S. Karanovich, G. Markovich va b.) kino san’- atini yangi mavzular va ifoda usullari b-n boyitdilar.