Sent-Kits va Nevis

Sent-Kits va Nevis (Saint Kitts and Nevis), Sent-Kits va Nevis Fe- derasiyasi (Federation of Saint Kittis and Nevis), SentKristofer va Nevis Fede- rasiyasi (Federation of Saint Kristopher and Nevis) — Karib dengizining Sharqiy qismidagi kichik Antil o.lari arxipe- lagida joylashgan davlat. Mayd. 261 km2. Aholisi 38,7 ming kishi (2002). Poytax- ti — Baster sh. (Sentkits o.da). Ma’mu- riy bulinishi 2 birlikdan iborat. Davlat tuzumi. S.K. va N. — kon- stitusiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibiga kiradi. Amaldagi Konstitusiyasi 1983 y. 19 sent.da kuchga kirgan. Davlat boshlig’i — Buyuk Britaniya qirolichasi nomidan ish yurituvchi generalgubernator. Qonun chiqaruvchi hrkimiyat organi — bir pala- tali parlament (Milliy Majlis). Ij- roiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligi- dagi xukumat amalga oshiradi. Tabiati. Orollar vulkan otili- shidan hosil bo’lgan. Eng yirik Orol SentKristofer (ko’pincha Sentkits deb yuritiladi). Nevis o. undan 3 km Jan.da joylashgan. Ikkala Orol go’zal hosildor vodiylardan iborat bo’lib, o’rtasida tog’ cho’qqilari bor (eng baland joyi — Mi- zeri, 1156 m). Iqlimi tropik, issiq ik- dim. O’r: ;cha oylik tra 18-24°. Yillik yog’in 700-1200 mm. Tog’larning quyi yon bag’irlariga shakarqamish va g’o’za eki- ladi, balandroqda tog’tropik o’rmonlar o’sadi. Hayvonot dunyosi rangbarang qush va turli baliqlardan iborat. Aholisining deyarli hammasi af- rikalik qullarning avlodi bo’lgan sentkitslar (negrlar va mulatlar)dir. Aholining aksariyati sohilda yashaydi. Dindorlari — protestantlar va katoli- klar. Rasmiy til — ingliz tili. Tarixi. Orollarga 1493 y. X. Kolumb kelgan. 17-a. boshlaridan Buyuk Britaniya b-n Frantsiya urtasida talash bulgan. Bu erda frantsuz va ingliz manzilgohlari barpo etilgan. Inglizlar 1628 y. Ne- vis, 1783 y. esa Sentkits o.ni mustam- lakaga aylantirdi. Mustamlakachilar orollarning tub aholisi— aravaklarni shafqatsiz ekspluatasiya qilib, qirib yubordi va shakarqamish plantasiyalari- da ishlatish uchun afrikalik qullarni keltirdi. 1882 y. Sentkits, Nevis va Angilya (Anguilla) o.lari federasiyasi tuzildi, u 1958— 62 y.larda VestIndiya federasiyasiga kirdi. 1967 y. Fev.dan u “Buyuk Britaniya b-n uyushtan davlat” maqomini oldi (may oyida Angilya Fe- derasiyadan chikdi). 1983 y. sent.dan S.K. va N. mustaqil davlat. 1983 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 19 sent. — Mustaqillik kuni (1983). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma- lari. Xalq faoliyati partiyasi, Sentkri- stofer o.da 1965 y. tuzilgan; sertash- vish fuqarolar harakati, Nyovis o.dagi to’rt partiya uyushmasi; Leyboristlar partiyasi, 1932 y. asos solingan; Nevis islohotchilar partiyasi, 1970 y. tashkil etilgan. Sentkits—Nevis kasaba va ishchi Ittifoqi, 1940 y. tuzilgan. Xo’jaligi. Iqtisodiyotning aso- si q.x. va xorijiy sayyoxlarga xiz- mat ko’rsatishdan iborat. Yalpi ichki mahsulotda q.x. ulushi 5,5%, sanoat ulushi 22,5%, savdo, xizmat ko’rsatish sohasi va sayyohpik ulushi 72%ni tash- kil etadi. 8 ming ga erda dehqonchilik qilinadi, uning 1/3 qismiga Sentkit- Sda shakarqamish ekiladi, qolgan qismi tropik mevazor (Mango, avokado, papaya va b.) b-n band. Nevisda paxta, kokos palmasi, ananas etishtiriladi. Aholi qadimdan baliq ovlash b-n shug’ullanadi. Q.x. mamlakatning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini 50% qondiradi. Sanoati qandshakar, chigit va kokos yog’i, gazlama, poyabzal, doridarmon ishlab chiqaruvchi hamda elektr apparatlari yig’uvchi kichik korxonalardan iborat. Yiliga 86 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Avtomobil yo’llari uz. 310 km, tor izli temir yo’l uz. -36 km. Asosiy dengiz porti va aeroporti — Baster. Chetga xom shakar, paxta, chigit hamda kokos yog’i va b. chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, mashi- na va uskuna, kimyoviy maqsulot, neft mahsulotlari oladi, AQSh, Buyuk Brita- niya, Niderlandiya, Antigua va Barbuda b-n savdo qiladi. Pul birligi — Sharqiy Karib dollari. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Gaz.lari: “demokrat” (haftanoma, 1948 y.dan), “Leybor spo- uksmen” (“ishchi notiq”, haftada 2 Mar- ta chiqadigan gaz., 1957 y.dan). Radio va televidenie hukumat xizmati mav- jud, radioeshittirishlar 1961 y.dan, teleko’rsatuvlar 1972 y.dan olib bori- ladi.