Syurrealizm
Syurrealizm (Frans. Surrealism — o’ta realizm) — 20a,ning 10—20y.la- rida frantsuz adabiyotida paydo bo’lib, tasviriy san’at, haykaltaroshlik, te- ATR, kino sog’alariga, keyinchalik boshqa mamlakatlar (Belgiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, AQSh, Meksika, Yaponiya)ga ham tarqalgan avangardlik yo’nalishi. Markiz de Sad, J. Nerval, shuningdek, A. Rembo, Lotreamondan A. Jarri, G. Apolliner va S. Reverdiga qadar bo’lgan yozuvchilar ijodi S.ning paydo bo’lishida manba vazifasini o’tagan. S. vakilla- ri aqliy faoliyatdagi, hatto jamiyat xayotidagi shakllangan tizimni tubdan o’zgartirish da’vosi bilan chiqqanlar. S.ning yangi adabiy yo’nalish sifatida maydonga kelishida “Litterature” (“Ada- biyot”, 1919 -24) jurnali muhim rol o’ynadi. Bu jurnali atrofida Birlashgan L.Aragon,L. Breton, F. SUPO kabi yozuv- chilar S.ga asos soldilar. Ko’p o’tmay, ular davrasiga P. Elyuar, R. Desnos, A. Arto va b. kelib qo’shilishdi. S. miyaga ilk bor kelib qolgan so’z, nutq parchalari, turlituman xayollarning dastlabki, kutilmagan bir holatdagi ajabtovur shaklini har qanday ijo- diy faoliyatning xamirturushi, asosi, deb e’lon qilgan. Syurrealistik teatr (asoschisi A. Arto) va kinematografiyada qam ayrim sahna va kadrlarning birbi- ri bilan mantiqsiz bog’lanishi va umu- man aqlzakovat doirasidan chetga chiqish “haqiqiy reallik” sifatida tan olin- gan. Dastlab syurrealistlarning turfa to’garagiga S.ning isyonkorlik ruxiga uch- gan, tevarakatrofdagi dunyo tartibotini xush ko’rmagan, insonning jamiyatdagi xdyotida uchrab turadigan kiyinchili- klarni o’rganish va bartaraf etish xayoli bilan yashagan yirik yozuvchilar xam a’zo bo’lishgan. S.ning ijtimoiy tizimni kayta qurish xaqidagi niyati afsonavor uydirma ekanligini tushungan, S. este- tikasidagi badiiy asarga xos ma’nodor- lik va yaxlitlikning bekor qilinganini ko’rgan katta iste’dod egalari syurrea- listlar safini tark etganlar. 30y.lar- ning oxiriga kelib, mistikaga oshkora ravishda berilgan A. Breton boshchili- gidagi ayrim shoirlargina S.ga sodiq bo’lib qoldilar va ular safi taklid- chilar hisobiga kengaydi. 40y.larning boshlarida A. Breton, S.Dali, I. Tangi va b.ning muhojirlikka ketishi bilan S.ning markazi AQShga ko’chdi. Frantsi- yada S.ni qayta tiklashga qaratilgan uri- nish samara bermadi. S. adabiy-badiiy yo’nalish sifatida o’z umrini o’tagan bo’lsada, uning gulla- gan davrida ishlab chiqilgan ayrim badi- iy usul va vositalardan tasviriy san’at, teatr va kinodan tashqari, amaliy san’- atda ham istifoda etilmoqda. Ad.: An- dreev L. G., Syurrealizm, M., 1972. Naim Karimov.