Suyurg’ol

Suyurg’ol (mo’g’ulcha — in’om, sovg’a) — biror hukmdor (xon, Sulton, shoh) to- monidan saltanat oldida alohida xizmat ko’rsatgan arkoni davlat yoki sarkarda- larga berilgan molmulk, ersuv. Mo’g’ullar istilosidan so’ng Movarounnahr, Dashti Qipchoq, yaqin Sharq mamlakatlarida rasm bo’lgan. S.ga beriladigan er nasl- dan naslga meros bo’lib o’tgan. S. ega-si davlatga to’lanadigan soliklardan ozod etilib, olgan daromadi va o’ziga qaram aholidan ixtiyoricha foydala- nish huquqiga ega bo’lgan. Amir Temur va Temuriylar saltanatida S. keng qo’llanilgan. Sohibqiron zabt etgan mamlakatlarning ba’zi viloyat va tuman- larini shu erlarning oldingi egalariga, o’z o’g’illari, nevaralari, qarindoshlari, atoqli lashkarboshilar, Amir va beklarga S. tarzida bergan va ular “darbasta S.» deb yuritilgan. Amir Temur o’zining eng iste’dodli sarkardalaridan biri Amir Shohmalikka bir qancha erlarni S. qilib bergan. Shohrux davrida Shohmalik xo- razm viloyatiga darbasta S. etib tayin- langan. Shohmalik vafotidan keyin xo- razm uning o’g’li Ibrohim Sultonga top- shirilgan. 16-a.dan boshlab S.ning avval- gi tartibida muayyan o’zgarish yuz beradi. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri- da ba’zi qishloqlar, er maydonlari shu erlardan undiriladigan solikdarning bir qismi ham S. tariqasida beriladi- gan bo’lgan. 18-a. va 19-a.ning 1-yarmida S. mohiyati tubdan o’zgarib, uning faqat merosiyligi saqlanib qolgan. Ad.: Abdurazzoq Samarqandiy, Mat- Lai sa’dayn va majmai Bahrayn, T., 1969.