Surinam

Surinam (Suriname), Surinam Re- spublikasi (Repudlick Suriname) — Jan. Amerikaning shim,Sharqiy qismida joy- lashgan davlat. Mayd. 163,3 ming km2. Ag’olisi 436,5 ming kishi (2002). Poy- taxti — Paramaribo sh. Ma’muriy Ji- xatdan 9 okrug (district)ra bo’linadi. Davlat tuzumi. S. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1987 y. 30 sent. da qabul qilingan. Davlat boshlig’i — prezident (2000 y.dan Ronald Venetian), u parlament deputatlari tomonidan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy Assambleya (bir Pa- latali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan Vazirlar Maxkamasi (viseprezident bosh vazir hisoblanadi) amalga oshiradi. Tabiati. S. hududining ko’p qismi Gviana yassitog’ligida (eng baland joyi — Vilgelmina tog’i, 1280 m) joy- lashgan. Shim. paettekislik, qisman botqoqyaikdan iborat. Asosiy foydali kazilmalari: boksit, oltin rudalari, neft; shuningdek, temir rudalari, Mar- ganes, xrom, kamyob metallar (berill, niobiy, tantal) rudalari, gaz konlari ham bor. Ikdimi subekvatorial, issiq va sernam. O’rtacha oylik tra 26-28°. Yil- lik yog’in 2300— 3000 mm. Koranteyn, Ma- Roni, Surinam daryolari sersuv, serosto- na, faqat quyi qismida kema qatnaydi. Pasttekislikning shim. savanna, Jan. dagi va yassitog’likdagi laterit tuprok- darda doim yashil o’rmonlar o’sadi. Mam- lakat hududining 90% o’rmon bilan band. O’rmonlarda maymun, Puma, tapir, yaguar, qushlar, sudralib yuruvchilar (jumla- dan, anakonda), savannada chumolixo’r, zirhlilar va b. yashaydi. Braunsberg ta- biiy bog’i va bir necha qo’riqhonalar bor. Aholisi surinamliklar — kreol- lar, hind va pokistonlik, indonez, negr, indeys, Xitoy, evropalik va b. Rasmiy til — niderland tili. Dindorlari xristian, Islom, hinduiylik dinlari- ga e’tiqod qiladi. Shahar aholisi 51%. Muhim shaharlari: Paramaribo, Niv- Nikkeri. Tarixi. S.da qadimdan indeyslar yashab kelgan. 1499 y. ispan dengizchisi Alonso de Oxeda bu erga etib kelgan. 1551 y. golland savdogarlari Suri- nam daryosi quyilish joyida qishloq qurishgan. 1593 y. S.ni ispanlar, 1630 y. inglizlar, 1667 y. gollandlar bosib olgan. 1682 y. Niderlandiya hukumati S.ni VestIndiya kompaniyasiga topshir- gan, 1799 y. uni inglizlar bosib oldi. Plantasiya xo’jaligi tashkil qilish uchun Afrikadan qulnegrlar keltirila boshlandi. 1802 y. Amen sulh shartno- masiga ko’ra, S. Niderlandiyaga o’tdi. 1863 y. S.da qulchilik bekor qilindi. 2-jahon urush davrida bu erda Amerika qo’shinlari joylashtirildi. 1945 y. 29 dek.da Niderlandiya Qirolligi S.ga ichki ishlar sohasida muxtoriyat huquqini berdi, tashqi siyosat va mudofaa masala- lari Niderlandiya hukumati ixtiyorida qoldi. 1973 y. noyab.da qonun chiqaruvchi kengashga o’tkazilgan saylovda milliy partiyalar bloki g’alaba qozondi. 1975 y. 25 noyab.da S. mustaqillikka erishdi. O’sha yil dek.dan S—BMT a’zosi. Mil- liy bayrami — 25 noyab. — Mustaqillik e’lon qilingan kun (1975). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma- lari. S. milliy partiyasi, 1946 y. asos solingan; Milliy birlik va birdam- lik uchun partiya, 1947 y. tashkil etil- gan; ilg’or islohotlar partiyasi, 1949 y. tuzilgan; Milliy demokratik par- tiya, 1987 y. asos solingan; yangilangan taraqqiyparvar partiya. Ilg’or kasaba uyushma federasiyasi S47; ilg’or ishchi- lar tashkiloti, 1948 y. tuzilgan; S. kasa- ba uyushmalari kengashi, 1987 y. asos so- lingan; Davlat xizmatchilari Federasi- yasi; S. kasaba uyushmalari federasiyasi, 1951 y. tuzilgan. Xo’jaligi. Iqtisodiyotining aso- sini konchilik tashkil qiladi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 32%, qishloq xo’jaligi.niki 10%, xiz- mat ko’rsatish sohasiniki 58%. Boksit qazib chiqarish sohasida dunyoda oldin- gi o’rinlardan birida turadi. Oltin xam qazib olinadi. Sanoati alyumi- niy, shakarqand, yog’, margarin ishlab chiqarish., taxta tilish, yog’ochsozlik, konserva korxonalaridan iborat. Yiligao’rtacha 1,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Q.x. mamla- katning oziqovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirmaydi. S. hududining 1%dan kamroqerida dehqonchilik qilinadi. Asosiy qishloq xo’jaligi. ekinlari: sholi, shakarqamish, banan, tsitrus me- valar, kokos yong’og’i, sabzavot. Qoramol, cho’chqa, qo’y, echki boqiladi. O’rmonlarda qimmatbaho nav yog’och tayyorlanadi. Baliq va krevetka ovlanadi. T.y. uzunligi 301 km, avtomobil yo’llari uz. 4,5 ming km. Asosiy dengiz portlari — Paramaribo va Mungo. S. chetga boksit, alyuminiy OK- sidi va alyuminiy, sholi, tsitrus meva- lar, yog’ochtaxta sotadi; chetdan xom ashyo, chala tayyor mahsulotlar, sanoat usku- nalari, transport vositalari, yoqilg’i, oziqovqat sotib oladi. AQSh, Niderlan- diya, Norvegiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — Surinam guldeni. Maorifi. 1976 y. 6-7 yohdan 12 yosh- gacha bo’lgan bolalar uchun majburiy ta’- lim joriy etilgan. Boshlang’ich maktabda o’qish muddati 6 y., o’rta maktabda 5— 6 y. Davlatga qarashli maktablarda o’qish bepul, xususiy o’quv yurtlari ham bor. Darslar kreol, niderland, ingliz tilla- rida olib boriladi. Pedagog kadrlar 1 ped. va 2 o’qituvchilar in-tida tayyorlana- Di. Paramariboda S. un-ti (1968 y.dan), Tropiklar i.t. instituti, Madaniyat Mar- kazi (kutubxonasi bilan), S. muzeyi (ku- tubxonasi bilan) ishlaydi. Matbuoti, radioeshittirishi, teleko’rsatuvi. “Vare Tayd” (“xaqiqiy vaqt”, kundalik gaz., 1957 y.dan), “Vest” (“G’arb”, kundalik gaz., 1909 y.dan), “Om- XOOG” (“cho’qqi”, katolik xaftanoma, 1955 y.dan). S. axborot agentligi (SNA), milliy axborot Mahkamasi, 1977 y. asos solingan; “Stixting Radioomrup Suri- name”, hukumat tijorat xizmati, 1965 y. tuzilgan. “Surinamse Televisi Stix- Ting”, hukumat teleko’rsatuv tijorat xizmati, 1965 y. tashkil etilgan. Adabiyoti. S. va niderland tilida ri- vojlanayotgan adabiyotini X. Sxauten (18- a.), Y. King (19-a.) kabi shoirlar boshlab berishgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlari- da S. tili taqiqlandi, yarim asr mobay- nida faqat niderland tilidagi asarlar nashr etiddi. A. Xelmanning hikoya va romanlari, A. de komning she’rlari yuzaga keldi. 40y.larda S. tilini tiklash harakati boshlandi. Ma’rifatparvar I.A. Kunders xalqning milliy ongini uygotish uchun kurashdi. Shoirlardan A. Sangodaryoning “Kurash”, K. Verlogen- ning “porloq inqilob” to’plamlari, R. Dobruning she’rlari ijtimoiy muam- molarni ko’tarib chiqdi. B. Vyanen, L. Van Myulirning qissa, hikoya va roman- lari eshlar haetini, L. G. Ferrir, Rita Raman va dobru asarlari S. xalqining mustaqillik yo’lidagi kurashini aks et- tiradi.