ZARIPOV ZOYIT

ZARIPOV ZOYIT (1912, Taxtakupir tumani — 1981.17.5, Nukus) — qoraqalpoq aktyori. O’zbekiston xalq artisti (1969). Faoliyatini “Tong nuri” teatri truppasida boshlagan (1927). 1930 yildan Qoraqalpoq teatrida. Qoraqalpoq professional teatr san’ati shakllanishida katta rol uynagan. Salbiy, hajviy va grotesk rollar ustasi. Ijodi ifoda vositalarining aniqligi, fikrning tugalligi, nutq va harakatlarning mukammal ishlanganligi bilan xarakterli. Eng yaxshi rollari: Tilmoch (“Kuklan Botir”), Serman (“Oygul va Obod”), Qutim so’pi (“Berdaq”), Hakimzoda vazir (“Oshiq G’arib”), Turman (“Ravshan”) va boshqalar.