Sunniylik
Sunniylik (sunna so’zidan) is- lom dinidagi 2 asosiy yo’nalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi bar- cha musulmonlarning taxm. 93% i ska (qolgan 7% i shialikka) mansub (2004). S. tarafdorlari, asosan, Osiyo va Afrikada (Pokiston, Bangladesh, Hindiston, In- doneziya, Malayziya, Xitoy, Afg’oniston, Turkiya, Arabiston ya.o. va Fors ko’rfazi atrofidagi Arab mamlakatlarida, Su- riya, Livan, Iordaniya, shim.Sharqiy va G’arbiy Afrika mamlakatlarida), Bolqon mamlakatlari, Kipr va AQShda yashaydi. Islom dastlabki davrda hech qanday yo’nalish, mazhab va oqimlarga bo’linmagan. 7-a.ning o’rtalarida turli siyosiy sabablarga ko’ra, musulmonlar safida bo’linish paydo bo’ldi. Avval shialar, keyin xorijishshr musulmon- lar ommasidan ajrab chiqdilar. Ular o’zining haqligini isbot qilish uchun o’z fikrini, yo’nalishini himoya qila bosh- ladi, shu tariqa har guruhning o’ziga xos aqidasi shakllana bordi. S bo’yicha Abu Hanifa (Imomi A’tm) ning “alfiqh alakbar” asari eng Nodir ilmiy meros sanaladi. Bu ishda Abul Hasan Ash’ariy bilan Abu Mansur mo- turidiylarning xizmatlari beqiyosdir. S yo’nalishida shu ikki alloma asos sol- gan aqidaviy maktablar barcha sunniy ulamolar tomonidan e’tirof etilgan. S. tamoyillari, asosan, quyidagilardan iborat: 1. Mavjudotlarning g’aqiqat va mohiyati bor narsa bo’lib, ularni bilish mumkin. Bilish vositalari — beshta sezgi a’zolari, ilohiy manba- lar va aql. 2. Olam qadim emas, balki qachondir Alloh tarafidan yaratilgan. 3. Butun borliqni yaratgan Allohning zoti bitta, u o’ziga xos azaliy va abadiy ko’pgina sifatlarga ega. 4. Zotiy sifat- lari sanalmish ilm, qudrat, hayot, Iroda, eshitish, ko’rish, gapirish Allohning azaliy va abadiy sifatlaridir. Uning zoti ham, sifatlari ham o’zi yaratgan maxluqot va mavjudotlarning sifatla- riga aslo o’xshamaydi. Uning sifatlari nuqsonsiz, barkamoldir. 5. Allohning ismlari ko’p. Hadisda 99 ta go’zal ism- lari zikr etilgan (q. alasmo alhusno). 6. Allohning adolatli ekani. Hidoyat va zalolat yo’llarini ko’rsatib qo’ygach, adashgan va kufr yo’lini tanlaganlar- ni jazolashi adolat hisoblanadi. Bor- diyu, zalolat yo’lidan asrab qolsa — bu Uning fazli, marhamati. Asramasa ado- lati hisoblanadi. 7. Payg’ambarlarning hammasini barhaq deb tasdiq etish. Ular- ning adadi garchi ba’zi hadis va rivoyat- larda ko’rsatilgan bo’lsada, muayyan bir adad qatiy deb hisoblanmagani ma’qul. Payg’ambarlarning birinchisi — odam (as), oxirgisi — Muhammad (sav). 8. Payg’ambarlarning mo”jizalarini haq deb e’tiqod qilish. Shuningdek, avliyo- larning karomatlari ham haq va rostdir. Hech bir avliyo payg’ambar darajasiga eta olmaydi. 9. Islomning besh rukni — imon kalimasi, namoz, ro’za, zakot, haj har bir musulmon zimmasiga farzi Ayn ekani. Farzlardan birortasini beuzr tark etsa yoki shar’an taqiklangan ish- larga qo’l ursa qattiq gunohkor bo’lishi, lekin kofir bo’lmasligini tasdiq etish. 10. Imon — Muhammad (sav) Alloh taolo tomonidan keltirgan barcha xabar va ma’- lumotlarni haq va rost ekaniga til bi- lan iqror etib, dil bilan tasdiqlash deb bilish. Solih amallarni ko’p qilganda imon nuri ko’payib, gunoh ishlarni ko’p qilganda imon nuri ozayib turishini tasdiklash va h.k. S.da 4 ta diniyhuquqiy mazhab (hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, hanbaliylik) mavjud. S. Islomda an’a- naviy e’tiqod yo’li deb e’tirof etilib kelgan. S. bilan shialik o’rtasida hokimiyat masalasida, ayrim diniy marosim va an’analarda birmuncha tafovutlar bor. O’zbekistonda, asosan, ska e’tiqod qilinadi.. Ad.: Husniddinov 3., Islom: yo’nalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000. Abdulaziz Mansur.