SULTONALI MASHHADIY
SULTONALI MASHHADIY (1437 Mashhad — 1520) — xattot, shoir, xat nazariyotchisi; nasta’liq xati rivo- jiga va keng tarqalishiga ulkan hissa qo’shgan. “Sulton ulxattotin” (“xat- totlar sultoni”) va “Qiblat ulkuttob” (“Kotiblar qiblasi”) nomli yuksak un- vonlar sohibi. Xattotlikka bolaligi- dan ishtiyoqi baland bo’lgan. S.M.ning ustozlari — xattot Zahiriddin Azhar va Xoja Hofiz Muhammad. S.M. ma- drasada ta’lim olgan, so’ng madrasada dars bergan. 1451 y.dan Hirotda yashab, Sulton Abu Said (1451-69) va Sulton Husayn (Husayn Boyqaro, 1469-1506) lar xizmatida bo’lgan. Hirotdagi badiiy muhit — san’atkorlar davrasi, ayniqsa, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navo- iylar bilan ijodiy hamkorlik qilish natijasida S.M. ustod san’atkor dara- jasiga ko’tarildi (Navoiyning shaxsiy kutubxonasida kitobat ishlari bilan mashg’ul bo’lgan). Ayniqsa, S.M.ning na- voiy ijodiga munosabati o’zgacha bo’lib, shoirning aksar asarlarini bir necha nusxalarda ko’chirgan; jumladan, Navo- iyning “ilk devon”ini o’zi tartib et- gan (1465; dastxat nusxasi Rossiya mil- liy kutubxonasida). O’z navbatida ulug’ shoir ham xattotga chuqur xurmat bilan qaragan, “Majolis unnafois” asarida unga yuqori baho bergan. S.M. Hirot xat- totlariga rahbarlik qilgan; yosh musav- vir Kamoliddin Behzodga. o’z farzandi- dek munosabatda bo’lgan; ularning o’zaro hamkorligi tufayli yuksak darajada- gi san’at asarlari—qo’lyozmalar yuzaga kelgan. Sulton Muhammad Hyp, Sulton Muhammad Xandon, Mir Ali Hiraviy, Muxammad Qosim va b. ko’plab xattotlar- ni tarbiyalagan. S.M. ko’chirgan va tartib qilgan mo”tabar qo’lyozmalar ham o’zbek mumtoz adabiyotining noyob namunasi, ham Hirot kitobat san’atining shoh asarlari, dur- donalari sifatida qadrlidir. Shular- dan 50 dan ortiq kitob va 500 ga yaqin qit’alar bizgacha saqdangan: O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida Navoiyning 3 devoni (jumladan, “Navodir unnihoya” va b.), Husayn Voiz Koshifiyning “Hotamnoma”, “Javoxirnoma” asarlari; Angliyaning Vindzor saroyi kutubxo- nasida Navoiyning “Devon”i, “Hamsa” asarlari; Rossiya milliy kutubxonasida Navoiyning “Xamsa” asari; AQSh ning Metropoliten muzeyida Navoiyning “Devon”i; Turkiyaning Istanbuldagi To’pqopu saroyi kutubxonasida Navoiy- ning “Xamsa”, Sa’diyning “Devon”i, Sulton Husayniy “Devon”i (4 nusxa) va b. qo’lyozmalar; u yaratgan g’azal, ruboiy, qit’alar (husnixat parchalari, aksariyat qismi Turkiyadagi To’pqopu saroyida) muraqqa’va tazkiralarda dunyo kutubxo- na va muzeylarida saqlanadi (jumladan, 41 ta qit’a Rossiya milliy kutubxonasi- da). Sm. ning xat san’atiga oid “Qavoidi xutut” (“xat qoidalari”, 1519) she’- riy risolasida (dastxat qo’lyozmasi Ros- siya milliy kutubxonasida) xattot va shoirning nozik didi va holati o’z AK- sini topgan: risola matni nasta’liq xatida kitobat qilinib, oltin suvi bilan hallangan; qo’lyozma sahifalari hoshiyalariga o’simlik va hayvonlar tas- virlari ishlangan (sarlavha varag’idagi unvon ichiga Muzahhib Jaloliddinning nomi yozilgan). S.M. ushbu risolada xat uslublari (jumladan, nasta’liq xati) ustida to’xtalgan, Ibn Muq.sh, Ibn Bav- vob va b. xattotlarning xat usullarini ta’riflagan. Sm. imoratlar, yog’och va toshlarga o’yib yoziladigan xatlarni bitishga ham mohir bo’lgan. Sulton Husayn qurdirgan binolariga kitobalar, uning marhum qarindosh va yaqinlarining qabr toshla- riga bitiklar bitgan. Sm. faoliyati, u ko’chirgan va bitgan qo’lyozmalar, qit’a, kitoba va bitiklar o’z davrida va undan keyin ham yuqori baholangan: Bobur, Xondamir (“Habib ussig’ar”), Mirxond (“Ravzat ussafo”), Mirzo Muhammad Haydar (Tarixi Rashi- diy), Abdurazzoq Samarqandiy (“matlai sa’dayn va majmaibahrayn”) va b. Ad.: Kostigova G.I., “Traktat po kal- ligrafii” Sultan Ali Mashxedi, L., 1957; Murodov A., Urta Osiyo xattotlik san’ati tarixidan, T., 1971; Alisher Na- voiy asarlariga ishlangan rasmlar, T., 1982; Hakimov M., Alisher Navoiyning asarlarini ko’chirgan xaggotlar, T., 1991; Norqulov N., Temuriylar davri madani- yati tarixidan lavhalar, Xorazm, 1996; Pugachenkova G.A.,. Temurning me’moriy merosi, T., 1996. Abdumajid Madraimov.