SULTON MAHMUDXON
SULTON MAHMUDXON (? 1508) Mo’g’uliston xoni (1487-1508). Chig’atoiylarlan. Yunusxonnnng o’g’li, onasi — Shohbegim, Badaxshon shohi Shoh Sulton Muhammadning qizi. Bo- burning tog’asi. 1487 y. otasi vafot etgach, mo’g’ullar rusumiga ko’ra taxtga o’tqazilgan. Bundan xabar topgan Umar- Shayx Mirzo Farg’ona tomondan, Sul- ton Ahmad Mirzo Samarqand tomondan Sm.ga qarshi chiqqan. Umarshayx Mirzo qo’shini Toshkent yaqinidagi mustaqkam Ashtar qal’asini qamal etgan. S.M. qo’shinga bosh bo’lib mudofaaga rahbarlik qilgan va jangda g’olib chiqqan. 1488 y. Sulton Ahmad Mirzo qo’shini usti- dan chir (Chirchiq) daryosi bo’yida g’alaba qozongan. Natijada S.M.ning obro’si, kuchqudrati oshgan. Mo’g’ulistonning Sharqiy qismiga ukasi Sulton Ahmadxon (Olachaxon), G’arbiy qismiga o’zi bosh bo’lib, qarorgohi — Toshkent sh.da joy- lashgan. 1493 y. Movarounnahr hukmdori Sulton Ahmad Mirzoning katta qizi Robiya Sulton begim (Qorako’z begim)ga uylangan. Samarqand va uning atrofi- da S.M.ni Xonikaxon deb atashgan. Sm. doimo qo’shni davlatlarning ishlariga aralashgan. Sulton Ahmad Mirzo va- fotidan so’ng S.M. Samarqand taxtini egallash uchun yurish qilgan, biroq 1495 y. Kanboy yaqinida Boysung’ur Mirzo to- moni| dan mag’lubiyatga uchragan. S.M.ni Farg’onaga yurish qilishi ehtimolidan xavfsiragan Bobur uning oliy xrkimi- yatini tan olgan. 1498 y. 5 ming kishi- lik qo’shin bilan Samarqandga yurish qilgan, biroq shim.dan Shayboniyxon qo’shinlari Movarounnahrga kelayotga- nidan darak topgach, chekinishga majbur bo’lgan. U temuriylarga qarshi kurashda Shayboniyxonni o’ziga ittifoqchi qilish maqsadida_unga O’tror sh.ni bergan. Shayboniyxon CM. yordamida Samarqand, Buxoroni qo’lga olgan. Shayboniyxon- ning kuchayib ketishidan xavfsiragan S.M. temuriylarni qo’llabquvvatlay boshlagan. Boburta Samarqandni egalla- shida harbiy yordam bergan. Bobur uning saroyida, Toshkentda ma’lum muddat yashagan (1501-02). 1503 y. Sm. va uka- si Sulton Ahmadxonlarning birlash- gan qo’shini Arxiyon qal’asi (Farg’ona) yaqinvda Shayboniyxon qo’shini tomoni- dan tormor keltirilgan, akaukalar asir tushgan. Sm.ning Toshkentga vaqtinchalik hokim qilib qoldirilgan o’g’li Sul- ton Muhammad shaharni tashlab qochgan. Shayboniyxon Toshkentni egallab, uni amakisi Suyunchxo’jaxonga bergan. S.M. va ukasiga shafqat qilib qo’yib yuborgan. Ular Mo’gulistonga ketishgan, bir ozdan so’ng Sulton Ahmadxon vafot etgan. Taxt uchun kurashda S.M. yolg’izlanib, ancha qiyinchiliklarga duch kelgan. U ko’mak istab Shayboniyxon xuzuriga kelgan. Biroq Shayboniyxon S.M.ni farzandla- ri bilan birga Xo’jand daryosi bo’yida qatl ettirgan. Ad.: Baburname, T., 1993; materialo’ po istorii kazaxskix xanstv XV—XVII vv., AlmaAta, 1969; Mirzo Muxammad Xaydar, Tarixi Rashidi, T., 1996. Faxriddin Hasanov.