Salmonellyozlar

Salmonellyozlar — odam va xayvonlarda salmonellalar qo’zg’atadigan yuqumli o’tkir ichak kasalli- gi. Me’daichak yo’llari jarohatlanishi b-n kechadi. Qo’zg’atuvchisi enterobakteri- yalar oilasiga mansub, grammanfiy sal- Monella tayoqchalari. Infektsiya manbai bemor odam va hayvon. Bemor yoki bakteriya tashuvchi xam infektsiya manbai bo’lishi mumkin. O’zbekistonda S, asosan, spora- Dik (alohida qayd qilinadigan), ba’zan cheklangan kasallik sifatida kuzatiladi. Kasallik yil davomida, ko’pincha yozkuz oylarida uchraydi. S.ga kattalarga nis- batan bolalar ko’proq moyil bo’lishadi. Sun’iy ovqatlantiriladigan bolalar kasallikka tez chalinadi. Shu sababdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar eng ko’p kasal- lanadigan guruh hisoblanadi. Mikrob odam organizmiga og’iz orqali tushadi. Organizmga tushgan salmonellalar og’iz bo’shlig’i, ichak shilliq qavati va lim- foid to’qimalar orqali qon va limfaga o’tib, boshqa a’zolarga tarqaladi. Ular organizmning himoya kuchlari ta’sirida nobud bo’lib, endotoksemiya ro’y beradi. Kasallik klinik alomatlarining namo- yon bo’lishi shu ikki omilga bog’liq. Shu sabab S. ba’zi hollarda o’tkir gastroen- terokolit ko’rinishida og’ir kechsa, boshqa hollarda klinik alomatlarsiz o’tishi ham mumkin. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 1-2 kungacha. Xastalik, odatda, o’tkir boshlanadi. Ovqat orqali yuqqanida kasallik ovqatdan bo’ladigan o’tkir toksikoinfektsiya ko’rinishida og’ir kechadi. Umumiy lohaslik, ishtaha yo’qolishi, ko’ngil aynishi, harorat ko’tarilishi kuzatiladi. So’ngra o’tkir gastroenterit, hatto gastroenterokolit alomatlari qo’shiladi. Botbot qusish, ich surishi kuzatiladi. Korin mijig’lab og’riydi. Og’ir kechgan hollarda organism suvsizlanib qoladi—degidratasiya ro’y beradi. Og’ir lollarda gipovolemik shok rivojlanadi. Davolash erta boshlansa, 2-3 kun davomida bemorning ahvoli yaxshilanadi. Ba’zi bemorlarda tuzalga – nidan so’ng bakteriya tashuvchilik holati kuzatiladi. S.ga diagnoz qo’yishda kasal- lik alomatlari va epidemiologik ma’lu- motlar e’tiborga olinadi. Oldini olish. Oziqovqat sanoati tizimida mahsulot tayyorlash, tashish va saqlash jarayonida sanitariyagigiena ta- lablariga qat’iy rioya qilish va shu soha xodimlarini vaqtvaqti b-n bakteriolo- gik tekshirishdan o’tkazib turish lozim. Hayvonlarda. Ot, qoramol, cho’chqa, qo’y va echkilar, parrandalar, mo’ynali hayvonlar, asalarilar va b. da uchraydi. Septimiya, toksemiya, hazm organlari va nafas yo’llarining kasallanishi b-n tavsiflanadi. Infektsiya qo’zg’atuvchisi manbai — kasal va kasallikdan tuzal- gan hayvonlar, shuningdek, kemiruvchi va yovvoyi parrandalar. Kasallik bakteriya b-n ifloslangan ozuqa, suv, atrofdagi anjomlar orqali yuqadi. S. o’tkir, yarim o’tkir va surunkali kechadi. O’tkir sha- klida tana harorati keskin ko’tariladi (40-42° gacha). Hayvon holsizlanib, ko’proq yotadi. 2—3kunlari axlat b-n kon aralash ichi ketadi; davolanmaganda kasallik kuchayib, 5— 10 kunda nobud bo’ladi. Qo’zilar o’limi 45-50%, cho’chqa bolalari o’limi 50-70% ga boradi. Ka- sal bo’lib, so’ng tuzaladigan hayvonlarda immunitet hosil bo’ladi. Davolash: sintomisin, levomisetin, xlortetrasiklin, tetrasiklin, gidrox- lorid, terramisin singari antibioti- klar beriladi. Muskul orasiga qo’shimcha penisillin, sulfanilamidlar (nor- sulfazol, etazol va b.) yuboriladi. Davolovchi zardoblar va bakteriofag qo’llash ham yaxshi samara beradi. Oldini olish: zoogigiena va veteri- nariyasanitariya, zootexniya qoidalariga amal qilish, yangi tug’ilgan mollarga bakterial (asidofilin, PABK), te- trasiklinli preparatlar berish, Max- sus emlamalar qo’llash, karantin e’lon qilish, xo’jalikka chetdan olinadigan hayvonlarni veterinariya ko’rigidan o’tkazish va b.