ZARKOKIL

ZARKOKIL, tangacho’lpi — ziynat buyumi, Sharq ayollarining sochlariga taqadigan bezagi. Ayollarning ikki chakkalari yoki soch o’rimlariga taqilgan. Dastlab Qo’qon xonligi davrida oltindan yasalib. Zarkokil deb atalgan. Keyinchalik tanga va so’lkavoylardan (“Tangacho’lpi” nomi shundan) ikki qator qilib ishlangan. Tanga va so’lkavoylar o’zaro kumush zanjir yoki halqachalar bilan ulangan. Yuqori qismidagi ilgagi bilan chakkadagi sochga, soch o’rimlariga taqib qo’yilgan.