Sunna

Sunna (Arab. — odat, an’ana, xattiharakat tarzi) — Islomda mu- sulmonlar uchun ibrat hisoblangan Muhammad (sav)ning so’zi, qilgan ishi, xattiharakatlari. S.ga tegishli har bir ma’lumot .^vdislarda berilgan va to’plam qilingan. S. Islomda Qur’ondan keyingi, uni to’ldiruvchi manba, Islom ilohiyoti va shariatning ikkinchi aso- si sifatida e’tirof etilgan. S. 7-a. o’rtalaridan yig’ila boshlangan. Bir yarimikki asr davomida hadislar juda ko’payib ketgan. Hadisshunoslik eng taraqqiy qilgan 9-a. ga kelib ular tar- tibga solingan, din, axloq va fiqdning manbaiga aylangan. Imom Buxoriy va Muslim ibn Hajjojning hadis to’plamlari eng obro’li hisoblanadi. S.da Arab xalifaligining dastlabki ikki asrida Islom dinining taraqqiyoti va turli ijtimoiy qatlamlarning ahvolini ko’rsatadigan tarixiy ma’lu- motlar o’z ifodasini topgan. S.ning ziddi bid’at (S.da uchramagan yangilik) bo’lib, u ikki xildir. Birinchi- si — “bid’ati hasana”, ya’ni S.da uchra- magan bo’lsada, Islom dini ta’limotiga zid bo’lmagan odatlar. Mac, Muhammad (sav)ning tavallud kunini bayramona kutib olish; unga atalgan Mavlud Kito- blarini yozish; Ramazon oyida jamoat bi- lan tunda tarovih namozi o’qish; rasmiy hujjatlarga muhr bosish; Arab tilini o’rgatadigan qoida kitoblarini ta’lif etish va h.k. Ikkinchisi — “bid’ati sayyia”, ya’ni S.da uchramagan va Islom ta’limotiga zid odatlar. Mas, xatna munosabati bilan to’y qilish; dunyodan o’tganlarga bag’ishlab 7, 20, 40, yil, hayit kabi nomlar bilan xudoy i marosimlari- ni o’tkazish; nikoh to’yida qalin to’lash va h.k. Muhammad (sav) ning hadislarida “Kimki biror yaxshi sunnatni joriy etsa, unga amal qiluvchilarning savo- blaridan o’z ulushini olib turadi, kim- ki yomon sunnatni joriy etsa, unga amal qiluvchilarning gunog’laridan o’z ulushi- ni olib turadi”, deyiladi. O’zbek tili- da S bilan sunnat so’zlarining o’rtasida farq bor. Hadisning barcha turlari ham S.dir. Sunnat — hadislarda targ’ib etilgan, ibodatda ham, muomalada ham qo’llaniladigan amal. Mas, tahoratda yuz, qo’loyoklarni 3 martadan yuvish Sun- natdir. O’g’il bolani xatna qilish, uyla- nib oila qurish, farzandlarga yaxshi ism qo’yish sunnat amallardan sanaladi.