SULTON ALI XUROSONIY
SULTON ALI XUROSONIY (??) — xurosonlik tabib. 15-a.ning 2-yarmi va 16-a.ning 1-yarmida yashab ijod etgan. O’rta Osiyoning bir qancha shaharlarida, jumladan, Samarqandda uzoq muddat yashagan. Ko’p yillik tajribalari aso- sida “dastur uliloj” (“kasalliklarni davolash bo’yicha qo’llanma”, Samarqand, 1526) va “Muqaddimayi dastur uli- loj” (“kasalliklarni davolash bo’yicha ko’llanmaga muqaddima”) asarlarini yoz- gan. “Dastur uliloj”da turli kasalli- klar va ularni davolash yo’llari haqida ma’lumot berilgan. “Muqaddiymayi da- Stur uliloj”da esa tabobatning umumiy masalalari — sog’liqni saqlash, odam a’zolarining sog’va kasallik vaqtidagi holati, qon tomirlari hamda kasallik bo’hroni (krizisi) haqida fikr yuri- tilgan. “Muqaddimayi dastur uliloj” asari fors tilidan o’zbekchaga tarji- ma qilingan. Uning 19-a. boshlarida ko’chirilgan bir nusxasi O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tining qo’lyozmalar fondida saqlanadi.