Stalin (Jugashvili) Iosif Vissarionovich
Stalin (Jugashvili) Iosif Vissarionovich (laqabi — Koba, Coco va b.) (1878, Gruziyaning Gori sh. — 1953.5.3, Moskva) — SSSRning mu- stabid hukmdori. Etikdo’z oilasida tug’ilgan. Gori diniy bilim yurtini tugatgach (1894), Tiflis diniy semina- riyasida o’qigan (inqilobiy faoliyati uchun 1899 y. haydalgan). 1898 y. RSDRP tarkibidagi Gruziya “Mesamedasi” so- tsialdemokratik tashkilotiga kirgan. 1902-13 y.larda 6 marta qamaldi, sur- gun qilindi, 4 marta qamoq va surgun- dan qochdi. 1903 y.dan bolsheviklarga qo’shildi. 1907 y.da RSDRP Boku komi- tetining rahbarlaridan biri. V. I. Le- nin tarafdori, uning tashabbusi bilan 1912 y.da RSDRP MK va MK rus byuro- siga kooptasiya qilingan (sirtdan ki- ritilgan). 1917 y. “Pravda” gaz. taxrir hay’ati, RSDRP (b) MK siyosiy byurosi, Harbiyinqilobiy markaz a’zosi. 1917— 22 y.larda Millatlar ishi bo’yicha xalq komissari, ayni vaktda 1919-22 y.larda davlat nazorati xalq komissari, 1918 y.dan Rossiya harbiy inqilobiy kenga- shi a’zosi. 1922-53 y.lar partiya MK bosh kotibi. 20y.larda partiya va davlatda etakchi bo’lish uchun kurash davomida, partiya AP- parati va siyosiy fitnalardan foydala- nib, partiyaga bosh bo’lib oldi va mamla- katda mustabid rejimni o’rnatdi. Mam- lakatni jadal industrlashtirish va maj- Buriy kollektivlashtirish siyosatini o’tkazdi. 20y.larning oxiri — 30y.larda haqiqiy va gumon qilingan raqiblarini yo’q kildi. Ommaviy terror tashabbu- skori bo’ldi. 30y.larning oxiridan FA- shistlar Germaniyasi bilan yakinlashish siyosatini tutdi [q. Sovetgerman bitim- lari (1939)], bu hol 2-jahon urushida xalqfojiasiga olib keldi. 1941 y.dan SSSRXKS (Ministrlar Soveti) raisi. Urush yillarida S. Davlat Mudofaa ko- miteti raisi, Mudofaa xalq, komissari, Oliy Bosh ko’mondon. 1946-47 y.larda SSSR Qurolli kuchlari vaziri. Sovet Ittifoqi marshali (1943), generalis- Simus (1945). Urush yillarida S. AQSh prezidenti F.D. Ruzvelt va Buyuk bri- Taniya bosh vaziri u. Cherchill bilan bir- ga gitlerchilarga qarshi xarbiy ittifoq (koalisiya) tuzdi. Urush tugagandan so’ng u “jahrn sosialistax tizimi”ni yara- tishning g’oyaviy rahnomasi va amaliyot- chisi bo’lib qoldi, bu hol “sovuq urush” hamda SSSR bilan AQSh o’rtasidagi harbiy-siyosiy qaramaqarshilikni kel- tirib chiqargan va qurollanish poygasi- ni kuchaytirgan. “Marksizm va milliy masala” (1912), “Oktyabr revolyusiyasi va rus kommu- nistlarining taktikasi” (1924), “Leni- nizm asoslari to’g’risida” (1924), “Buyuk burilish yili” (1929). “Dialektik va tarixiy materializm to’g’risida” (1938), “Marksizm va tilshunoslik masalalari” (1950) va b. asarlarida o’z siyosatini na- zariy asoslashga uringan. S. tiriklik chog’ida, xuddi Lenin singari uning ka- rashlari mutlaqlashtirildi, faoliyati va shaxsiy hayoti ilohiylashtirildi. KPSSning 20s’ezdi (1956)da N.S. Xrush- chyov S. shaxsiga sig’inishni va uning fao- liyatini keskin krraladi. Keyinchalik mamlakatning kommun istik rahbarlari S.ni siyosiy reabilitasiya kilishga bir necha bor urindilar. S. o’z siyosiy faoliyatida Turkiston va O’zbekistonda sosializm asoslarini zo’ravonlik bilan joriy etish yo’llarini qo’llagan. Buxoro boskinitl amalga oshi- rish uchun harbiy ishlar xalq komissari L. D. Troskiyga “Frunze reseptiga ko’ra zo’rlik bilan harakat qiling”, deb tay- inlagan (1920 y. avg.). Turkiston ASSR rahbarlarini “bosmachilik”ka qarshi murosasiz kurash olib bormaganlikda ayblagan. Keyinchalik A. Ikromov, F. Xo’jaev, S. Segizboev, boshqa davlat va jamoat arboblari S.ning ko’rsatmasi bilan qatag’on qilingan. Jasadi dastlab Moskva qizil maydonidagi mavzoley- ga (V.I. Lenin yoniga) qo’yilgan. KPSS 22s’ezdi qarori bilan esa mavzoley orqasiga dafn etilgan (1961 y.noyab.). Ad.: Rejim lichnoy vlasti sta- Lina. K istorii formirovaniya, M., 1989; Istoriya i stalinizm, M., 1991; O’zbekistonning yangi tarixi. 2kitob [O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000.