Sfalerit

Sfalerit (Yun. sphaleros — aldam- chi), pyx aldamchisi — sulfidlar sinfi- ga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi ZnS (67,1% Zn va 32,9% S). Izomorf aralash- malari: Fe(26% gacha), Mp (8,4% gacha), Si (15% gacha), Cd (9,2% gacha), In (2,5%gacha), Hg(35% gacha), Sn (2% gacha), Ti (1% gacha), Ga, Co, Ag. Temirga boy (10% dan ko’proq) turi marmatit, rangeiz va och ranglisi kleyofan deb ataladi. S. strukturasi — S atomlaridan tashkil toptan zich kubik holatda bo’lib, tetraedrik bo’shliqlarda Zn atomlari joylashgan, ZnSNing gek- sagonal modifikasiyasi vyursit deb ata- ladi. S.ning aralashmalarsiz xili ran- geiz va shaffof, tarkibida Fe borlari jigarrangdanqoragacha, Fe aralashmasi oz bulganlarining yashilsarg’ish rangi Cdra, qizil rangi tarkibidagi Mp, Si, Ag, In va Ti ga bog’liq. Olmosdek yaltiroq. Qattiqligi 3,4—4; zichligi 3,9—4,1 g/ sm3. Mo’rt. Pezoelektrik va piro elek- trik xususiyatlarga ega. Asosan gidro- termal konlar (galenit, pirit, xalkopi- rit, arsenopirit, kvars, kaltsit, barit, dolomit bilan birga) hamda cho’kindi konlarsh hosil bo’ladi. Oksidlanish zo- nasida pyx sulfati (goslarit) va rux karbonati — smitsonitta, metamor- fizmda tsinkitta, franklinit, Ville- MIT va b. minerallarga aylanadi. S. rux uchun asosiy ruda bo’lib, undan yana Cd, In va Ga kabi qimmatbaho Nodir metallar ham ajratib olinadi. S. Qurama tog’lari yon bag’ridagi (O’zbekiston, Tojikiston) qo’rg’oshinrux (Qo’rg’oshinkon, Oltintop- gan, Sardob), oltinkumush (Lashkarak, Qo’shbuloq), mismolibden (Qalmoqqir), kassiteritsulfidli (Novgarzonsoy) va b. ko’pgina rudali konlarda gidroter- mal sharoitda paydo bo’ladi. O’zbekiston G’arbida Uchquloch, O’zbekiston janubida kolchedanpolimetalli Xondiza, Tozachor- va (Hisor tog’lari) konlari mavjud.