SAIDMUROD PANOH O’G’LI

SAIDMUROD PANOH O’G’LI (1858 — Buxoro viloyati Qiziltepa tumani Kenagas qishlog’i — 1945) — o’zbek do- stonchisi. Yoshligidan Doston yodlash, soz chalishni urgangan. 1888-1903 y.larda Qiziltepa t. y. qurilishida, 1930 y.dan kzda ishlagan. El orasida Murod jmrov nomi b-n tanilgan. S.P.u. “Alpomish”, “Guro’g’li” turkum dostonlari, “Odil- xon”, “Shirin va shakar”, “Kuntug’mish”, “Ahmadxon”, “Yusuf b-n Ahmad”, “sa- nobar”, “oshiq g’arib”, “Maston kam- pir”, “cho’pon qiz” kabi 20 ga yaqin xalq dostonlarini mohirona kuylagan. Unda “Alpomish”, “Odilxon”, “Go’ro’g’lining Qrimga borishi” dostonlari va bir kancha termalar shoirning hamqishlog’i Shamsi Murodov (1925— 45) tomonidan yozib olingan. “Amirning o’lponchilariga qarshi”, “kunlarim”, “Gulzorim bor” va b. asarlar muallifi. As: Odilxon [dostonlar, termalar], T., 1972.