Savob
Savob (Arab. — yaxshilik, ezgulik, ajr) — diniy e’tiqodga ko’ra, Xudoning marhamatiga loyiq ish va shunday ish uchun Xudoning marhamati. Insonning xatti-harakati va faoliyati yaxshilik va yomonlikdan iborat bo’lib, bu Islomda S. va gunoh deb ataladi. Islomga ko’ra, Di- niy ko’rsatmalarni bajarish, inson man- faati yo’lida faoliyat ko’rsatish kabilar S. hisoblanib, insonning ish kitobi (nomai a’moli)ga farishta vositasi b-n yozib boriladi. Oxiratda insonlarning S. va gunohlari tarozuda tortilib, na- tijalar Allohning hukmiga havola eti- ladi. Lekin, hadisi sharifda ta’kidla- nishicha, insonning har qancha S. ishlari jannatga kirishga etarli bo’la olmaydi. Unga kirish Alloxning fazli, marhamati va ehsoni hisoblanadi. Alloh ko’p S.li ishlar qilgan bandalarning jannatdagi darajalarini baland qiladi. S. so’zi barcha yaxshi va ezgu ishlarga nisbatan ham ishlatiladi.