SAYYORALARARO AVTOMATIK STANTSIYA
SAYYORALARARO AVTOMATIK STANTSIYA — sayyoralararo kosmik FA- zoni, oy hamda sayyoralarni tadqiq etish va osmon jismlariga ilmiy apparat- larni olib chiqish uchun mo’ljallangan kosmik uchish apparati. Apparat borti- ga turli ilmiy asboblar o’rnatiladi. Ularning o’lchash natijalari radiosi- stemalar yordamida erga uzatiladi. OS- mon jismlari sirtlari tasvirini erda qabul qilish uchun televizion sistema- dan foydalaniladi. S.a.s. bortidagi asboblar energiyani quyosh batareyasidan oladi. Ba’zi S. a.slarda qo’nish apparat- lari bor. Bu apparatlar yordamida ular boshqa sayyoralar sirtiga (“Venera3” — “Venera7”, “Viking1″ va 2”) yoki parvoz- dan qaytgach, erga (“Zond5” — “Zond7”) yumshoq ko’na olgan. 1972 y. AQSh gigant sayyoralar va ularning yo’ldoshlarini tadqiq etish maqsadida yangi i.t. dasturini ishlab chik- Di. Bu dastur bo’yicha 1972 y.da uchiril- gan “Pioner10” st-yasi Yupiter sayyorasi yaqinidagi asteroidlar mintaqalarini birinchi marta uchib o’tib (Yupiterni tadqiq qilgan) va 3kos- mik tezlik b-n Quyosh sistemasi chega- rasidan chiqib ketgan (1987). 1973 y.da uchirilgan “Pioner11” st-yasi Saturn sayyorasidan uchib o’tib, Quyosh sistemasi chegarasidan chiqib ketgan (1993). S.a.s. yordamida Venera sayyorasi va kosmik fazo o’rganildi (“Venera”), Mars tadqiq qilindi (“Viking”), Yupi- ter, Saturn hamda ularning yo’ldoshlari tekshirildi (“Voyajer”), kosmik fazoni o’rganish va uzoq kosmik masofalarga parvoz qilish texnikasi takomillash- tirildi. Oyning teskari tomoni Su- ratga olindi hamda er — Mars orasi- dagi kosmik fazo o’rganildi (“zond”), Oy tadqiq qilindi va unga apparatlar qo’ndirildi hamda erga oy tuprog’i kel- tirildi (Luna), Venera, Mars, Merku- riy sayyoralari va kosmik fazo tadqiq qilindi (“Mariner”), Mars va kosmik fazo o’rganildi, Mars atmosferasi, sirtqi qatlamining t-rasi, suv bug’I o’rganildi, suratlari olindi (“Mars”) va unga yumshoq qo’ndirildi. Oy sir- tining relefi haqida teletasvirlar Erga uzatildi va unga avtomatik stantsiya yumshoq qo’ndirildi (“Reynjer”), oy tu- progining kimyoviy tarkibi o’rganildi (“Serveyer”). Amerikaning 2004 y. 4 yanvarda Marsga tushirilgan Marsda harakatlanuvchi “Spirit” (“Spirit”) S.a.s.si 200 dan ortiq rangli suratla- rini erga uzatdi, Marsdagi jinslarni tahlil qiladi (yana q. Sayyoralar).