Sayyoh, Abdurahmon sayyoh ibn Hoji Muhammad Sodiqov

Sayyoh, Abdurahmon sayyoh ibn Hoji Muhammad Sodiqov (1879, Tosh- kent — 1918, Qo’qon) — ma’rifatparvar, noshir. Arabiston, Turkiya, Hindiston, Afg’oniston, Yaponiya mamlakatlariga sayohat qilgani uchun o’ziga “sayyoh” ta- xallusini olgan. O’n yoshida ota-onasi, aka-singlisi b-n Makkaga ketadi, o’sha erda oila a’zolarining barchasidan ay- riladi. Keyinchalik Hindistonning Rajpur sh.ga kelib, 5-6 y. madrasada tahsil oladi. 1906 y.da zargarlik bu- yumlari b-n savdo qilib, Pekin (Xitoy) ga boradi. Xitoydan Manjuriya orqali Buxoroga kelmoqchi bo’ladi. Ammo Ros- siya va Yaponiya o’rtasida urush borayotgani sababli Yaponiya hukumati uni Mukden sh.da hibsga oladi va Portartur sh.da saqlaydi. Urush tugagach, Gonkong orqali Hindistonning Kalkutta sh.ga yubori- ladi. U Bombey sh.ga kelib, Rossiya bosh konsuliga murojaat qiladi. Hind, XI- toy, Arab, fors, turk tillarini bilgani uchun 1907 y. konsulxonaga ishgaolina- Di. 1908 y.da Toshkentga qaytib keladi va Turkiston harbiy okrugi shtabida ishlaydi. Shu orada Munavvarqori AB- durashidxonov b-n tanishadi. 1915-18 y.larda “Alisloh” jur.ga muharrirlik qiladi. 1912-13 y.larda noshir va mu- allif sifatida Islom odobaxloqi, muqaddas shaharlar tarixi, shuning- dek, kezib chiqqan mamlakatlari haqida ko’plab “sayohatnomalar” chop ettirgan. Ad: tarixi izolatal g’ayn anqissayi Zulqarnayn, T., 1913. Sirojiddin Ahmedov.