Sayfiddin Boharziy maqbarasi

Sayfiddin Boharziy maqbarasi — Buxorodagi me’mo- riy yodgorlik (13-14-a.lar). Buxoroning Sharqiy qismi (eski Fathobod mavzei) da 2 maqbara — Bayonqulixon maqbarasi va S.B.m. bunyod etilgan. S.B.m.ning ki- chik go’rxonasi (13-a. 2-yarmi) va ziyorat- xonasi (14-a. 2-yarmi) charxi gumbazli. Bosh tarzidagi peshtoq chuqur ravoqli, 2 yoniga guldastalar ishlangan. Peshtoq va guldasta oralig’idagi yassi mehrobiy tokchalarga tuynuklar qilingan. Peshtoq yuqorisida ravokli darchalar bor. Ziyo- ratxona va go’rxona ichidagi gumbaz osti bag’ali 8 va 16 qirrali muqarnas bez- aklar b-n to’ldirilgan. Maqbaraga Shayx Sayfiddin Boharziy, uning 2 o’g’li ja- moliddin Muhammad va Mazhariddin Mutahhar, shuningdek, nevarasi Abu Mufaxir Yahyo, evaralari Xovand Burhoniddin, Ruhiddin Shayx Dovud- lar dafn etilgan. Amir Temur Buxoro- ga tashrif buyurganda Shayx qabrini albatta ziyorat qilgan. Uning farmoni b-n makbara obod qilinib, ziyoratxo- na va Sharqiy peshtoq qurilgan. Shayx qabri ustidagi yog’och sag’ananing yasalish uslubi, zarhal bezaklari Amir Temur davri yog’och o’ymakorligi san’atining noyob yodgorligi hisoblanadi. Sag’anada tug’ilgan va vafot etgan sana, Qur’ondan oyatlar, Shayxni madh etuvchi madhiyalar, rangbarang naqshlar o’zaro uyg’unlashgan. Mustaqillikdan keyin S.B.m. qayta ta’mirlanib, yodgorlik atrofida go’zal Fathobod bog’i bunyod etiddi. Ad.: Nemseva N.B., Xanaka Sayfaddi- na Baxarzi v Buxare, Buxara, 2003.