“Samarqand”
“Samarqand” — mehmonxona; Samarqand sh. Oxunboboev ko’chasida joylashgan (1967, me’mori o.Aydinova). Amir Temur maqbarasi yaqinida. Mehmonxona 9 qavatli yotokxona va bir kavatli jamoatxonadan tuzilgan. “S.”ning xrvuz va favvorali Markaziy xiyobonga karagan bosh tarzi ayvonchalar- dan, Oxunboboev ko’chasiga qaragan tarsi yozgi engil Balkonlardan tashkil topgan. 320 o’rinli 1 va 2 kishilik xonalardan iborat bo’lgan 9 qavatli yotoqxonaning har bir xonasi barcha qulayliklarga ega, devor ichi mehrob shaklida ishlan- gan shkaflar b-n jihozlangan. Jamoat- xona qismi intereri koshinkori, ganch va yog’och o’ymakorligi b-n jozibali bez- atilgan; unda xizmat ko’rsatish bo’limi, restorankafe, banket zali, do’konchalar joylashgan va u ichki hovli b-n uzviy bog’langan. Yotoqxona qismining tomi, ya’ni 10qavati shahar manzarasini tomo- sha kilish uchun moslashtirilgan maydon- chaga aylantirilgan.