Samadovlar oilasi
Samadovlar oilasi – in- son parvarlikning yuksak namunasini ko’rsatgan oila. 2-jahon urushi davrida turli millatning qarovsiz qolgan bola- larini farzandlikka olib, ta’lim-tar- biya bergan. Oila boshlig’i Hamid sama- dov (1910 y. Kattaqo’rg’on sh.da tug’ilgan, 2002 y. vafot etgan) 2-jahon urushida armiya safida alokachi, pulemyotchi bo’lib xizmat qilgan. Stalingrad, Dnepr bo’ylaridagi janglarda ishtirok etgan. 1944 Fev.da janglardan birida yarala-nib, nogiron bo’lib uyga qaytgan. Urush- dagi jasorati uchun orden va medallar b-n mukofotlangan. H.Samadov urush tu- fayli boshpanasiz qolgan etim bolalar- ga homiylik qilgan. Hali uylanmagan bo’lishiga qaramay, u 13 bolani farzand- likka olgan. Bular turli millat bolala- ridir: Qo’chqor — turkman, Nurmuhammad — tojik, Donat, Ivan, Liza — rus, Jenya — Belorus, Kerim — tatar, Arslon, ra- shid, Nurali, Karim, Murod — o’zbek, Sunnat — millati noma’lum. Bolalar- ni tarbiyalashda Hamidga uning ota-ona- si — usta Samaya buva va Mang’it momo ko’maklashgan. U uylangach (1945), turmush o’rtog’i Sanobar etim bolalarni o’z bo- lalaridek parvarish qilgan. 1946 y. So. qarindoshlaridan birida etim qolgan 3 bolani ham o’z bag’riga olgan. Sanobar ham 6 farzand ko’rgan. Oilada 22 bola kamol topib, mustaqil hayotga yo’l olgan. So. toshkentlik Shomahmudovlar oilasi kabi insonparvarlikning yuksak namuna- sini ko’rsatgan baynalmilal oila sifa- tida kadrlanadi. Ad.: Qodirov S, odamdan yaxshi nom qolsin, T., 1975.