Saydalieva Fazilat Sharipovna
Saydalieva Fazilat Sharipovna (1917.2.9, Olmaota) — kashtado’z, O’zbekiston xalq rassomi (1950). “O’zbekiston rassomi” artelida nusxa ko’chiruvchi (30-y.lar), “O’zpromsovet”ga qarashli tajriba laboratoriyasida kash- tachirassom (1945-48). S. tasviriy san’atning rang-tasvir, grafika, teatr dekorasiyasi janrlarida ijod qildi, ayniqsa, badiiy kashtachilik rivojiga salmokli hissa qo’shdi; u tikkan palak, do’ppi, namoyonlarida kashtado’zning o’ziga xos uslubi ko’zga tashlanadi. “Ali- sher Navoiy” (1945) portreti chevarga katta Shuhrat keltirdi; “Oybek”, “S. Ay- niy”, “G’. G’ulom”, “S. Eshonto’raeva” — hammasi 50y.lar; “Bobur” (1974), “Avto- portret” (1985) kabi portretlar b-n bir katorda mavzuli namoyonlar (“O’zbekiston boyligi”, 1958 va b.) ham yaratdi. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). “El-yurt hurmati” orde- ni b-n mukofotlangan (1999).