Sayfiy Buxoriy

Sayfiy Buxoriy, Mavlono say- fiy, Sayfiy Aruziy Buxoriy (14-a. 2-yar- mida — Buxoro — 1503) — shoir, adabi- yotshunos olim. Buxoro va Hirot madra- salarida tahsil olgan. Sulton Husayn Boyqaro Xuroson hukmdori bo’lgach, 15-a. 70y.larida Hirotga borgan va u erdagi adabiy muhitda nom qozongan. “Sanoe’ ulbadoe'” nomli kitobi Hirotda Shuhrat qozongan bo’lib, undagi yuz g’azalning har biri bitta kasb va san’at sohasiga bag’ishlangan. S.B.ning 2 ta devoni hamda “Risolai aruz” va “Risolai musiqiy” asarlari mavjud. 1-risolada she’r va shoirlik, aruz qonunqoidalari, bahri va doira- lari anchayin sodda va ravon til hamda uslubda tadqiq etilgan. U o’z g’azallarida dehqonlar va kasb-hunar egalarini madh etgan. SB. Movarounnaxrga qaytgach (1487), bir necha muddat Samarqand hokimi Boysunqur Mirzoga murabbiylik qilgan. 1498 y.da u Buxoroga kaytgan va shu erda vafot etgan. Ad.: Alisher Navoiy, Majolis un- nafois [mukammal asarlar to’plami, 20 j.li], 13j., T, 1997; Bobur 3. M., Bobur- noma, T., 2002; Hasanxoja Nisoriy, Mu- zakkiri ahbob, T, 1993.