Surapati
Surapati (Surapati) (? 1706) Indo- neziya milliy qahramoni, Yava o.da gol- Land mustamlakachilariga karshi harakat rahbari (17-a.ning 80y.lari — 18-a.ning boshlari). Jakartadagi bir golland sav- dogarining quli bo’lgan. G’arbiy Yavaga qochib, gollandlarga qarshi kurashayotgan partizan otryadlaridan birining ko- mandiri bo’lgan, keyinchalik, Gollandiya OstIndiya kompaniyasida xizmat kilgan. Golland ofitserlarining tahqiriga chi- damay, o’rmonga qochgan. Mataram sulto- ni xizmatiga kirgan (1685) va poytaxt Kartasurgaga uni qo’lga tushirish uchun kelgan golland otryadi ustidan g’alaba qozongan. Shundan keyin Sharqiy Yava- da mustaqil davlat tuzgan. 1705 y.da gollandlarga karshi urushda ishtirok etgan. 1706 y. kattiq yaralanib, vafot et- gan. Bangil qal’asini mudofaa qilishda S.ning o’g’illari gollandlarga karshi ku- rashganlar (1719 y.gacha). Davlat barham topgach, S. avlodlari Sharqiy Yavada 18-a. ning 60y.larigacha partizanlik kurashi- ni davom ettirishgan.