Sura
Sura (Arab. — tizma, qator) — faqat Qur’onga xos tushuncha. Qur’onning bo’limlari S. deyiladi, uni shartli ra- vishda bob bilan taqqoslash mumkin. Qur’onda 114 ta S. bo’lib, har biri- ning o’z nomi bor. Ba’zi S.larning nomi S.ning boshida kelgan so’zdan olingan. Ba’zilariniki esa, o’sha S.da zikri ko’proq kelgan narsalar, vokealar, jumla yoki asosiy qahramon nomiga qo’yilgan. Eng uzun S. 286 oyatdan, eng qisqasi 3 oyatdan iborat. Hijradan oldin no- zil bo’lgan S.lar — “Makka S.lari”, hijradan keyin nozil bo’lganlari “Ma- Dina S.lari” deyiladi.