Sur

Sur — 1) ochiq havoda soyada osib qo’yib yoki dudlab quritilgan, qoqi qilingan go’sht, baliq va h.k.; 2) qizilga moyil, och jigarrang, Qorako’l teri turi. S. teri rang-barang tovlanadi. Uning gu- lini hosil qiladigan har bir jun ikki, uch va hatto, to’rt tusda: tag qismi uchiga nisbatan qora yoki qoramtir, to’q jigar- rang; uchi kumusheimon oq, tillasimon sariq yoki och ko’k, bronza, kahrabo, Gavhar va b. rangda bo’ladi. S terining qora S. (junining tag qismi qora, uchi kumu- sheimon; uncha qadrlanmaydi); kumush S. (junining tag qismi qora, uchi kumushe- imon oqish yoki kumusheimon och sariq, juda qadrlanadi); tilla S. (junining tag qismi qoraqo’ng’ir yoki jigarrang, uchi esa tillasimon sariq; yaxshi kadrlana- Di); och tilla S. (junining tag qismi och jigarrang, uchi och tilla rang, tilla S.ga nisbatan past kddrlanadi) va b. turla- ri bor. Krrakalpog’iston Respublikasi, Kashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo, Xorazm viloyatlaridagi naelchilik xujalikla- rida sur Qorako’l qo’ylarni chatishtirish yo’li bilan oq oltin S, bronza S, och Push- ti S, antika S, shamchiroq S, po’lat S. te- rilari etishtirilgan.