Suporish
Suporish (fors. — topshiriq, havola) — o’zbek va tojik mumtoz ashu- la va cholg’u yo’llari, ayniqsa, maqom turkumlarining tushirim qismi. Shashmaqomda S sho”balar turkumining ijro etilishida ularning birini ik- kinchisiga (mas, Saraxbor sho”balaridan — talqinlarga, talqinlardan — Nasr- larga) uzviy bog’lash vazifasini ham o’taydi. Ba’zan yirik sho”baning tugal- lovchi (xotima) qismi sifatida kelgan S. tarona ham deyiladi. Slarda doira usuli o’zidan keyin keladigan sho”balar usulida bo’ladi. S.ning yana bir turi har bir maqom birinchi guruh sho”balari turkumining tugallovchi qismi bo’lib, odatda, Saraxborlarning boshlang’ich ki- chik bo’lagiga asoslanadi.