SUMSARSHERTOG’ TOG’LARI

SUMSARSHERTOG’ TOG’LARI – Qashqadaryo havzasining yuqori qismidagi tog’lar. Zarafshon va Hisor tizmalarini tutashtiradi. Shim.da Jin- nidaryo, Jan. va Jan.sharqsa Oqsuv Daryo- lari oralig’ida joylashgan. Tog’larni birbiridan Qorasuv daryosi (Oqsuvning o’ng irmog’i) ajratadi. S.Sh.t. kenglik bo’ylab cho’zilgan. Eng baland joyi 2262 m. Tizmalarda birdak (1647 m), Sang- tor kabi dovonlar mavjud bo’lib, ular Oqsuv, Jinnidaryo, Qashqadaryo vodiy- larini birbiri bilan bog’laydi. Tekto- nik jihatidan antiklinal struktura, silur, devon, bo’r, paleogen davrlari slanes, qumtosh, konglomerat, ohaktosh, gil, gips, diorit, granit, granodio- rit tog jinslaridan tuzilgan. Iklimi tog iqlimi, yillik yog’in 600-700 mm, dare tarmoklari zich. To’q bo’z, tog’Ji- garrang, tog’o’tloq tuproqlar, balandtog’ o’simliklari, efemerlar, bug’doyiq, betaga, tog’arpa o’simliklari, buta- lar, siyrak o’rmonlar tarqalgan. Tog’yon bag’irlari, asosan, yaylov sifatida foy- dalaniladi.