Sferolitlar
Sferolitlar (Sfero… va Yun. lithos — tosh) kristallar qotishmasi — juda ingichka ignasimon kristallar agregatlaridan tuzilgan radial Nursi- mon sharchalar. Magmatik va cho’kindi tog’ jinslarida uchraydi. S.ning mineral tarkibi va o’lchami turlicha. Magmatik jinslardagi S. ko’pincha diabazlarning chekka qismlaridagi endogen kontakt hosilalar hisoblanadi. Nordon la- valarda asosiy shishasimon massalar qotayotganda yaxlitlanish yo’li bilan paydo bo’lishi mumkin. Asosiy LAVA- lar (variolitlar)da bunday hosilalar variollar deb ataladi. Dala shpati va kvarsdan hosil bo’ladigan sferolitsi- mon hosilalar psevdosferolitlar deb ataladi. Cho’kindi jinslarda karbonat- li, marganestemirli, fosfatli, xaltse- donli va b. S. uchraydi. Bunday S. odat- da, moddalar kristall strukturasini yo’qotayotganda hosil bo’ladi; ularning kupi paydo bo’lishiga ko’ra konkresion hosilalarga yaqin (q. Konkresiyalar).