Sfinkter

Sfinkter (Yun. sphingo — qisaman, sphinkter — siquvchi muskul) — halqasimon muskullar. S. organizmdagi tabiiy tashqi teshiklarni (mas, og’iz, tashqi chiqaruv teshigi) yoki naysimon a’zoning bir qismidan ikkinchi qismiga (mas, me’dadan o’n ikki barmoq ichak- ka, qovukdan siydik chiqarish kanaliga) o’tish yo’lidagi tirqishlar qisqarganda ularni toraytiradi yoki berkitadi. S ma’lum taranglikda bo’ladi. Ko’z yoy pardasi halqasimon muskuli ham S.ga kiradi. Ba’zi S.lar ko’ndalangtarg’il, boshqalari silliq muskullardan tarkib topgan. S.larni vegetativ nerv sistema- si innervasiyalaydi.