Suxumi

Suxumi — Gruziyadagi shahar. AB- xaziya poytaxti. Qora dengizdagi port, t.y. stantsiyasi. Aholisi 120 ming kishi (1990y.lar o’rtalari). Mil. AV. 6-a.da yunon savdogarlari S. o’rnida Dioskuri-ada sh.ga asos soldilar. 1-a. boshlarida Vizantiyaga qarashli, Gruziya solnomala- rida dastlab 736 y.da Sxum nomi bilan tilga olinadi. 12-a. dan Genuya fakto- riyasi, 1724-1810 y.larda turklarning Suxumqal’a istehkomi. 1864 y.dan Su- xum harbiy bo’limi markazi. Shaharda engil (shu jumladan, ko’npoyabzal), oziqovqat (go’sht, sut, konserva, baliq, ta- maki, vino korxonalari), mashinasozlik va metallsozlik sanoatlari (priborsoz- lik, eksperimental gaz apparaturalari z-dlari), Suxumi GES (Gumista daryosi- da) ishlab turibdi. 2 in-t (shu jumladan, Abxaz inti), eksperimental patologiya va terapiya in-ti (maymunlar pitomnigi bilan birga), Suxumi botanika bog’i, 3 teatr, D.I. Gulia adabiymemorial mu- zeyi, N. A. Lakoba uy-muzeyi bor. S. iqlimiybalneologik kurort. Yozi issiq (iyulning o’rtacha t-rasi 24°), qishi iliq (yanv.ning o’rtacha t-rasi 6°); yil- lik yog’in 1460 mm. Davolash vositalari: iqlimiy terapiya, dengizda cho’milish, mineral suvlar (asosan, vannasiga tushi- ladi). S. Kavkaz va qora dengiz bo’yidagi muhim turizm markazlaridan biri. Sa- natoriy, dam olish uylari, pansionat- lar, turbazalar bor.