Sulaymoniya masjidi

Sulaymoniya masjidi – is- tanbuldagi me’moriy yodgorlik (1550— 57). Me’mori Xo’ja Sinon. S.m. ulkan gumbazli xonaqoh (tarhi 69 x 63 m, bal, 47,75 m, gumbazining diametri 26,5 m), 4 tomonida nayzasimon minora hamda yon tomonlarida pastak ravoqpi galere- yalari joylashgan. 1 ta katta va 2 cheti- da 2 kichik ravoqdi galereyalar xonaqoh bilan bog’lanadi. Xonaqohning old tomonida atrofi gumbazli ravoq (ga- lereya ko’rinishida)lar bilan o’ralgan hovli joylashgan. Hovli va galereyalar oq marmar bilan qoplangan. Xonaqohga hovli orqali o’tiladi. Xonaqoh inte- RERI o’ziga xos hashamdor. Gumbazi va devordagi 4 ravoq mustahkam ustunlarga tayangan. Mexrobi zarhal muqarnaslar bilan bezatilgan. Imperator va muezzin minbari marmardan ishlangan. Devor va poygumbazlaridagi ravokli derazalar- ga o’rnatilgan rangli oynalardan tush- gan yorug’lik xonaqohni yanada jozibali ko’rsatadi. 1914 y.dan muzey. Gilamchi- lik, haykaltaroshlik, yog’och, metall va so- Pol buyumlari, miniatyuralar saqlanadi.