Suiqasd
Suiqasd — keng ma’noda — jino- yat sodir qilish bosqichlaridan biri; ayb- dorga bog’liq bo’lmagan sabablar bilan oxiriga etkazilmagan, qasddan qilingan harakat. Aybdor o’z maqsadini qanchalik amalga oshirganligiga qarab S. tugal- langan va tugallanmagan S.ga bo’linadi. Jinoyat sodir etishga S. qilganlik uchun jinoiy javobgarlik O’zbekiston Respu- blikasi JK ning 25moddasiga havola etilib, ushbu Kodeksning tamom bo’lgan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi. Tor ma’noda — biron kimsani yo’q qilish, o’ldirish uchun qilingan harakat tushuniladi (mas, podshohga S. qilish). Shuningdek, o’z joniga S. qilish ma’- nosida ham keladi. S. Islomda qattiq qoralanadi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisga ko’ra, ikki musulmon bir- biriga qilich solsa, o’lgan ham, o’ldirgan ham qattiq gunohkor bo’lishi, o’ldirilgan odam S. qilgani tufayli gunoxda qotil bilan barobar bo’lishi ta’kidlangan.