Suzdal

Suzdal — RF Vladimir viloya- tidagi shahar, Kamenka daryosi bo’yida, Vladimir sh.dan 35 km uzoqliqda joy- lashgan. Gavrilov Posad t.y. stantsiyasi- dan 28 km Jan.Sharqda. Aholisi 12 ming kishi (1998). S.da tikuvchilik fkasi, sut z-Di ishlab turibdi. Shaharda o’rta asr me’moriy yodgorliklari saqlangan. S dastlab 1024 y. manbalarida tilga olingan. 12-a. 1-yarmida, Yuriy Dolgo- rukiy zamonida S. RostovSuzdal Knyaz- ligining markazi, so’ngra Vladimir- Suzdal knyazligi tarkibida. 13— 14-a. boshlarida Suzdal knyazligi poytaxti. Shaharni 1238 y.da mo’g’ullar yondirib yuborgan. 1392 y.dan Moskva buyuk Knyaz- ligi tarkibida. 1796 y.dan Vladimir gubernyasining uezd markazi. Shaharning 18-a. tuzilishi saqlangan. 13-17-a. larga xos kad. rus san’ati me’moriy yodgorliklari yaxlit ansamblni tashkil etadi. Turizm rivojlangan. S. yaqinida 12-18-a.larga oid me’moriy ansambl saqlangan Kideksha qishlog’i bor.