SUVHILOL

SUVHILOL (Bolboschoenus Palla.) — hiloldoshlarga mansub ko’p yillik o’tlar turkumi, tuganak ildizpoyali bego- na o’t. O’zbekistonda dengiz bo’yi Si (V. martinucus) va yassipoya S. (V. planiculmis) o’sadi. Poyasi tik, bo’yi 50-100 sm. Bar- glari keng tasmasimon. Gullari to’q Ji- garrang, bandsiz yoki kalta bandli, mu- rakkab soyabonsimon to’pgulga yig’ilgan. Mevasi uch qirrali yong’oqcha. May—okt.da gullaydi va mevalaydi. Yirik tuganak- li ildizpoyasi er bag’irlab o’sadi. Tuga- naklari, ildizpoyasi, urug’idan ko’payadi. Urug nihollari hamda tuganakli po- yalari apr.—iyunda ko’karadi. O’rta Osi- yoda sholiga katta zarar keltiradi. Beda, sug’oriladigan don ekinlari orasida, botqoqliklarda ham uchraydi. Asosan, sug’orish shoxobchalari bo’ylarida usadi. Kurash choralari: agrotexnika hamda kimyoviy tadbirlarni uyg’unliqda qo’llash, ekinzorlarga gerbitsidlar pur- kash, tuganak hosil bo’lish davrida re- glon (1-3 kg/ga) bilan dorilash.