ZAHABIY
ZAHABIY, Abu Abdulloh Shamsuddin Muhammad ibn Ahmad (1274, Damashq — 1348) — mashxur tarixchi va muhaddis. Damashq va Qohira madrasalarida tahsil olgan, so’ng Damashq madrasasida mudarrislik qilgan. Islom olamida tarix va hadis allomasi sifatida Shuhrat qozongan. 12 jildli “Ta’rix al-Islom” (“Islom tarixi”), “Alibar” (“ibratlar”), “Siyar annubalo” (“Olijanob kishilar siyratlari”), “Tabaqot alxuffoz” (“Hadis hofizlari tabaqalari”), “Tabaqot alqurro'” (“Qorilar tabaqalari”), “Miyzon ali’tidol fiy naqd arrijol” (“Hadis roviylariga baho berishning adolatli mezoni”) kabi Islom tarixi va hadisga doir ko’plab asarlar yozgan. Bulardan eng mashhuri “Ta’rix alislom” asari bo’lib, unda O’rta Osiyo, jumladan Movarounnahr tarixining o’rganilmagan jihatlarini oydinlashtiruvchi ko’plab muhim ma’lumotlar bor.