ZAHARLI ZAMBURUG’LAR

ZAHARLI ZAMBURUG’LAR – tarkibida turli zaharli moddalar (masalan, alkaloidlar) bo’ladigan zamburug’lar. Ko’pchilik Zaharli zamburug’larning alkaloidlari, asosan, hazm organlariga ta’sir etadi. Masalan, don ekinlarida uchraydigan qorakuya (qoramig’ — Claviceps rifigea) ning qattiq qora sklerosiysi tarkibida alkaloidlar odam va hayvonlarning me’da, ichak va boshqa organlarini zaharlaydi. Zaharli zamburug’lar alkaloidlaridan ayrimlari tug’ish jarayonini jadallashtirish uchun oz miqdorda ishlatiladi. Fuzarium va vertisillium turkumidagi ba’zi zamburug’lar qoramollar va turli toksikoz kasalliklarini paydo qiladi. Aksari qo’ziqorinlar (masalan, Helvella) tarkibidagi gelvella kislota oshqozon va ichaklarni zaharlaydi.