Semipalatinsk
Semipalatinsk – Qozog’istonning Sharqiy Qozog’iston viloyatidagi shahar (1782 y.dan). Ir- tish daryosining har ikkala sohilida, o’ng qirg’og’idagi pristan. T.y. tugu- ni. Aholisi 345 ming kishi (1990y. lar o’rtalari). Rus xarbiylari Qozogistonning shu hududlarini egal- lash maqsadida, 1718 y.da harbiy istehkom sifatida kurgan (Irtish da- ryosi boshlangan joydan 18 km quyida). 18-a.da tranzit savdo markazi. 1776 y.dan hoz. o’rnida. 1782 y.gacha Semi- palatka deb atalgan. (qal’a yonida 7 ta uy bo’lgan, nomi shundan). O’sha yildan uezd shahri. 1796 y.dan Tomsk gubernya- sida, 1854 y.dan viloyat markazi. 19-a. oxirida S. Rossiyaning siyosiy surgun joyi bo’lgan. 1920-28 y.larda guber- nya, 1928— 32 y.larda okrug, 1932 y.dan Sharqiy Qozog’iston viloyati, 1939-90 y.larda Semipalatinsk viloyati markazi, 1929 y.da Sdan Turkiston — Sibir t.y. o’tgan. Engil va oziq-ovqat sanoati tar- moklari etakchi o’rinda. “Kazaxkabel”, dare kemasozligi, kema ta’mirlash, gaz apparaturasi, armatura, tsement z-dlari bor. Metallsozlik, ruda boyitish, “Al- tayzoloto” ktlari, qurilish materialla- ri korxonalari ishlab turibdi. F.M. Dostoevskiy va qozoq shoiri Abay Qo’nonboev adabiymemorial muzey- lari bor. S. atrofidagi hududda 1997 y. gacha yadro quroli er osti sinovlarining o’tkazish poligoni bo’lgan (sinovlar 1991 y.da to’xtatilgan).