Sulaymonova Gulbahrom Sulaymonovna

Sulaymonova Gulbahrom Sulaymonovna (1920.1.10, Andijon — 1984, Toshkent) — terapevt olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1967), tib- biyot fanlari D-ri (1952), prof. (1960). Qozog’iston tibbiyot in-tini tugatgach (1941), toshti fakultet terapiya kli- nikasida ordinator (194142; 194548), assistent (194849), prof. (1953-56), Gematologiya va qon quyish i.t. insti- tutida ilmiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari (1956— 61), 1961 y.dan tosh- kent vrachlar malakasini oshirish in-ti gematologiya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari me’daichak, nafas, qon yaratish a’zolari kasalliklari va kollagenozlar- ga oid. Leykozlarning kechishi va ularni davolash usullari ustida tadqiqot olib borgan.