Sultonov Abdurayim Sultonovich
Sultonov Abdurayim Sultonovich (1930.15.10, Chimboy 1992.15.9, Nukus) — qoraqalpoq kompozitori va dirijyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1969). Toshkent konservatoriya- sini tugatgan (1955). Krraqalpoq teatri bosh dirijyori (1955— 57, 1966-71), Qoraqalpoq davlat filarmoniyasi xalq cholg’u asboblari orkestrining tashki- lotchisi va rahbari (1957-63), Nukus musiqaxoreografiya bilim yurtida Di- rektor muovini (1963 — 66) va o’qituvchi (1963 y.dan), Qoraqalpog’iston tele- videnie va radioeshittirish qo’mitasi xalq cholg’u asboblari orkestrining ba- diiy rahbari va bosh dirijyori (1971 y.dan), Qoraqalpog’iston kompozitorlar uyushmasi raisi (1991-92). Simfonik (“Krraqalpoqcha syuita”, B.Gienko bilan hamkorliqda; “Yoshlik”) va vokalsim- fonik (“Bo’zatov”) syuitalar, poemalar, “Qoraqalpoqcha rapsodiya”; shuningdek, “Ravshan” (J.Oymirzaev), “Baxt”, “Aru- lar”, “dilbarlar” (S.Xo’janiyozov), “Qirli so’qmoqlar” (T.Seitjonov) , “Ar- tist takdiri” (I.Yusupov), “Orol ovozi” (Q.Do’sanov) kabi spektakllarga yozilgan musiqa va qo’shiqlar (Ajiniyoz she’rla- ri — “Sevgilim”, “Go’zallar”, “bormi- kin” va b.) muallifi. Berdaq nomidagi Koraqalpog’iston Davlat mukofoti Lau- reati (1974).