Sulton Valad

Sulton Valad (Sultan Velet) Muhammad Bahouddin (1226, Qaraman, Ko’niya viloyati — 1312, Ko’niya sh.) — turk shoiri. Jaloliddin Rumiyning o’g’li. Su- fiylar orasida tarbiya olgan; o’zi ham Su- fiylikning mavlaviya tariqati boshlig’i (Shayx) bo’lgan. S.V.ning butun ijodi otasining hayoti, faoliyati va ta’limo- tini ommalashtirishga bag’ishlangan. Forsiy she’rlar devoni va “Valadnoma” dostonining muallifi. Mazkur Doston 3 ta mustaqil qismdan iborat: “Ibtido- noma”, “Intihonoma” va “Rubobnoma”. 1va 3qismlarda turk tilining Ko’niya lahjasida yozilgan kattakatta parchalar (“saljuqona she’rlar”) uchraydi. Bular kichik Osiyoda yaratilgan va sanasi aniq ko’rsatilgan (1301) dastlabki turkiycha she’rlardir. S.V.ning “Ilmnoma” riso- lasi ham bor. Ad.: Garbuzova B.C., Poeto’sredneve- kovoy Tursii, L., 1963.