Sultonov Abdulla Sultonovich

Sultonov Abdulla Sultonovich (1913.13.3 Toshkent 1983.26.10) — kimyo- gar olim. O’zbekiston FA muxbir a’zosi (1966). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1973). Kimyo fanlari D-ri (1964), prof. (1966). O’rta Osiyo un-tini tugatgach (1935), shu un-t organik kimyo kafedrasida assistent (1935-40), do- tsent (1940-47). O’zbekiston FA kimyo in-tida lab. mudiri (1947-59). Poli- merlar kimyosi i.t. institutida director muovini (1959— 63). O’rta Osiyo neftni qayta ishlash i.t. instituti direktori (1964-78), lab. mudiri (1978-83). Aso- siy ilmiy ishlari neftni kayta ishlash va neft kimyosi sanoati organik katali- zi muammolariga oid. S. gidrokreking, gidrooltingugurtsizlash, gidrogeniza- tsiya, gazlarni oltingugurt birikmalari- dan tozalash va b. kimyoviy jarayonlarda qo’llanadigan katalizatorlarning yangi turlarini sintez qilgan. Karbon kis- lotalarni dekarboksillash va biologic faol katalizatorlarni qo’llashning na- zariy asoslarini ishlab chiqqan. As: Ximicheskaya teoriya kataliza D.I.Mendeleeva i dalneyshie eyo Razvi- tiya, T.. 1961.