Strixnin

Strixnin (Strychninum), C21H22N2O2 — kuchala urugidan olina- digan alkaloid. Mol. m. 334,42. Suyukla- nish t-rasi 282°, qaynash t-rasi 270°. 1818 y.da frantsuz kimyogarlari P.J.Pelte va J. B.Kavantu kashf qilganlar. S.ning tuzilishini ingliz kimyogari R.Robinson 1946 y.da aniklagan, amerikalik kimyo- gar R.B.Vudvord 1954 y. S.ning to’liq sintezini ishlab chiqqan. S. murakkab polisiklik birikmadir, zaharli; za- rarli hayvonlarni qirishda ishlati- ladi. Tibbiyot amaliyotida S. nitrat qo’llanadi. Markaziy nerv sistemasini qo’zg’atadi, ayniqsa, orqa miya faoliyati- ni kuchaytiradi, katta dozalari tetanik talvasaga olib boradi; ko’rish, eshitish, ta’m bilish sezgilarini faollantira- Di; tomirlarni harakatlantiruvchi Mar- kaz va nafas markazini qo’zg’atadi. Skelet muskullarini taranglashtiradi, parez va falajlarda nerv sistemasi funktsiyasi- ni normallashtiradi.