Stromboli

Stromboli — Tirren dengizida- gi so’nmagan vulkan, Lipari arxipelagi- da, Italiya hududi. Dengiz sathidan bal. 926 m (dengiz tubidan 2700 m). Krateri 700 m balandlikda. Muntazam ravishda vulkan bombalari va gaz otilib turadi. Krateridan chiqayotgan gazlar lavaning taftidan yorishib kechasi uzoqdan yaqqol ko’rinadi. Shu sababli uni O’rta dengiz- dagi mayoq deb ataydilar. Vulkan otili- shi tiplaridan biri ham S. deb ataladi.