Srimbetova Gulparshin

Srimbetova Gulparshin (1945, Mo’ynoq tumani) — qoraqalpoq xo- nandasi (lirikdramatik soprano), Qoraqalpog’iston (1973), O’zbekiston (1974) va Boshqirdiston (1977) xalq ar- tisti. Toshkent konservatoriyasini tugat- gan (1970). Nafasi keng, jarangdor ovoz sohibasi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon xonan- da (1961-63 va 1970 y.dan). Repertua- ridan xalq qo’shiklari (“Dembermes”, “Bibisanam”, “Eshvoy”, “Adingnan” “Ellarim bordi” va b.), kompozitor (“Nukus gullari”, “yor-yor aytayin”, N. Muhammaddinov) va bastakorlar asarla- ri (“Dutorim mening”, X. Turdiqulov) o’rin olgan. Qozon, Ufa, Moskva kabi shaharlarda gastrolda bo’lgan. Hamza no- midagi O’zbekiston Davlat mukofoti la- ureati (1974).