Samarqand viloyati
Samarqand viloyati – Turki- ston general-gubernatorligi tarkibi- dagi viloyatlardan biri. 1887 y. 1 yanv. da sobiq Zarafshon okrugi o’rnida tuzil- gan. Tarkibiga Samarqand, Kattaqo’rg’on, Jizzax va Xo’jand uezdlari kirgan. Mayd. 68962 kv.km. SV. aholisi 1897 y.gi aholi ro’yxatiga ko’ra, 857847 kishi- dan iborat bo’lib, shundan erkaklar — 472915, ayollar — 384932, shahar aholisi — 135568 kishini (umumiy mikdorning 15,7%) tashkil etgan. Aholisining taxm. 68% o’zbeklar, 23% qozoqlar va tojiklardan iborat bo’lib, shuningdek, ruslar, yahudiylar, lo’lilar, tatarlar, afg’onlar, hindlar va b. yashagan. O’troq aholining asosiy kismini o’zbek va to- jiklar, ko’chmanchi aholi esa qozoqlardan tashkil toptan. O’troq aholi, asosan, dehqonchilik, ko’chmanchi aholi esa chorva- chilik b-n mashg’ul bo’lgan. S.v. shaharlarida kustar hunarmandchilik yaxshi, f-kazavod sa- noati esa, sust rivojlangan. Viloyatda 24 ta paxta tozalash z-Di, 5 ta vino, 2 ta pivo z-Di bo’lgan (1897). S.v.dan chet- ga sholi, paxta, mayiz, quruq meva, un, teri, chorva, jun, ipak, yong’oq, vino chika- rilgan. S.v. aholisi Rossiya imperiyasi- ning mustamlakachilik siyosatiga qarshi ko’plab chiqishlar qilgan. Ayniqsa, 1916 y.gi O’rta Osiyo qo’zg’olonida viloyat aholisi faol ishtirok etgan (q. Jizzax qo’zg’oloni). 1924 y. O’rta Osiyo Respubli- kalarida milliy davlat chegaralanishi o’tkazilishi munosab?.ti b-n S.v. tuga- tilgan.