Samosiy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy
Samosiy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy (13-a. oxiri, Romitan tumanidagi Samos qishlog’i — 1354) — xojagonnaqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik 7 pir- ning beshinchisi. Xoja Ali Romita- niydan tahsil olib, uning vafotidan so’ng xojagonlik tarikatini boshqargan. Bahouddin Naqshband tug’ilganda uni ma’naviy farzandlikka qabul qilib, Sayyid Mir Kulolta Bahouddin tarbi- yasi b-n shug’ullanishni topshirgan. S. bog’bonlik b-n kun kechirgan. S. kulohini Bahouddinga hadya etib, unga murshidlik qilgan. Bahouddin Naqshband ana shu kuloh sharofatidan balogardonlik karo- matiga ega bo’lgan, deydilar. S. tug’ilgan qishlog’ida dafn qilingan. Qabri usti- dagi maqbara, atrofdagi masjid va Toshquduq mustaqillik yillarida ta’- mirlangan. Ad.: Orif Usmon, Buxoroi sharif- ning etti piri, T.,2003.