Samo’

Samo’ (Arab. — eshitmoq, tinglamoq) — 1) musulmon madaniyatida shogirdlarning hadis va b. diniy asar-larni o’zlashtirish yo’li, ularni yozuv matnga qarab emas, balkim murshidlar- dan eshitib olib yodlash usuli; 2) 9-a.dan sufiylarning diniy g’azallarni ohangga solib o’qish uslubi; 3) (zikru S.) — O’rta va yaqin Sharqsa shasavvuf mazmunidagi asarlarni musiqiy, ba’zida esa (mas, Jaloliddin Rumiy asos solgan Mavla- viya tariqatida va b.da) tana harakatlari vositasida ham ijro etish an’anasi. 9-10-a.larda shakllangan bo’lib, key- inchalik deyarli barcha tariqat (Qodiriya, Kubroviya, Yassaviya, Naqshbandiya va b.)da turli ko’rinishlarda keng tarqalgan. S. amaliyotida musiqiy cholg’ular (tanbur, dutor, rubob, nay, chang, ud va b.) b-n bir- galikda o’yin usullari (“Chorzarb”, “sa- moiy”, “yak qars”, “besh qars” va h.k.) ham jalb qilingan. 18-19-a.larda S an’- analari zikr, kashta ashula (xonaqoiy, haqqoniy), katta o’yin turkumlar tarki- biga, turk maqamlarchgg. (“Og’ir Samo- iy”, “yuruk Samoiy”, “soz Samoiysi”), Arab mumtoz musiqasi (“samoy darj”, “Samoy bashraf” va b.) ga singib ket- gan. S. masalalari G’azoliy, Kalobodiy Buxoriy, Xujviriy va b. tasavvuf naza- riyotchilari asarlarining alohida bob va fasllarida batafsil sharhlangan. Abdumannon Nazarov.